U öz partasining oldida tushkun kayfiyatda turgandi. Men uning yoniga borib "nima böldi" deb söradim. U matematikadan qiynalayotganligi haqida aytdi. Men agar istasa unga yordam berishim mumkinligini aytdim. Uning yuziga tabassum yugurdi,
yuzimdan öpib qöydi va dunyoda eng yaxshi döst ekanligimni aytdi. Men bölsam uni sevaman, lekin unga sevishimni aytishdan qörqaman...
10-sinf... U menga qöng'iroq qildi va yoniga borishimni söradi. U sevgan yigiti bilan urushib qolganligini va bir özi siqilib ketayotganligini aytdi. Biz u bilan kinoga tushdik. Biroz aylandik, va keyin uni
uyiga kuzatib qöydim. Xayrlashayotganimizda u yuzimdan bir marotaba öpib qöydi va dunyoda eng yaxshi döst ekanligimni aytdi. Men bölsam uni telbalarcha sevaman, lekin öziga bu haqda negadir aytolmayman.
11- sinf... U meni yonimga kelib sevgan yigiti kasal bölib qolganligini, bitiruv oqshomiga bir özi borgisi kelmayotganligini aytdi va mendan u bilan birga borishimni söradi. Men rozilik bildirdim. U juda ham sevinib ketdi. Yuzimdan öpib qöydi va dunyodagi eng yaxshi döst ekanligimni aytdi. Men bölsam uni ölgudek sevaman, lekin sevgimni izhor etishga botinolmayman...
5-avgust... U yonimga yugurib keldi, yuzimdan doimgidek bir marta öpib qöydi va dunyodagi eng yaxshi döst ekanligimni aytdi... Mana u yaqinlashib kelmoqda. Nikoh köylagida u naqadar gözal... Umid qilamanki, kuyov uni chin dildan sevadi, men uchun eng muhimi u baxtli bölsa böldi. Chunki men uni sevaman, lekin sevgimni izhor
etishdan qörqaman, chunki uni yöqotib qöyishim mumkin...
Bugun... Men janozada turibman. U olamdan ötdi. Oradan köp yillar ötgan, lekin men uni hamon sevaman... Uning buyumlarini
yig'ayotganimda shaxsiy kundalik
topib oldim va bir sahifadagi yozuvlarga közim tushib öqiy
boshladim: "U dunyodagi eng yaxshi döst, uningchalik hech kim meni tushuna olmaydi. U meni har doim qöllab-quvvatlashga tayyor. Qiyin damlarda menga dalda böldi, tashlab ketishganida ham meni yolg'izlatmadi, men bilan bitiruv oqshomiga bordi. Uning yonida özimni baxtli sezaman. Men uni shu qadar
sevamanki... Lekin öziga aytishga jur'atim yetmaydi, chunki uni yöqotib qöyishdan qörqaman..."
Hayot qiziq-a ? Biz kimlar uchundir yelib - yuguramiz , ammo buni ular sezishmaydi .. Gohida , ularni o'zimizdanda ko'proq o'ylaymiz , ular uchun qayg'uramiz , ular uchun kerak bo'lsa " o'lishga " ham tayyor bo'lamiz gohida ..
Faqat ular ham , bizni " bizchalik " tushunishganida edi , hayotimiz yanada go'zalroq bo'larmidi .. Afsus hayotga bir marotaba kelamiz , bir marotba ...
Hayot haqida bilganlarimni uch so'zga jamladim : " U davom etadi " ...
Doimo , kulib yuring chunki hayot go'zal ..
Salomat bo'ling !!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1