Предыдущая публикация
Mildir-mildir erib yotibdi.
Go‘r ustida bir it ingrab zor,
Loyga bag‘rin berib yotibdi.
Kecha tobut ko‘tarilgan dam
U beorom yugurgan-yelgan.
Quvsalar ham, tosh otsalar ham
El ortidan mozorga kelgan.
Otasidan ayrilsa agar
Buncha kuymas odam bolasi.
Yolg‘on edi kecha yig‘ilar,
Rost edi shu itning nolasi.
Sovuq tunda qotib, diydirab,
Qabrga u qo‘yib yotdi bosh.
Erigan qor kabi mildirab
Ko‘zlaridan tinmay oqdi yosh…
Biz insonmiz, sohibi dunyo,
Qudratlimiz, mag‘rurmiz, to‘qmiz.
Sadoqatda, mehrda ammo
Shu bechora bir itcha yo‘qmiz.
© Erkin Vohidov
Assalomu alaykum azizlar xayrli tong mexribon insonlar. Azizlar bu 5-kunlik dunyoda bir birimzni qadirlaylik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 20
qoyil