O'zimga kuch to'playapman,
Bitta yomon kamchiligim,
Namoz o'qimayapman.
Ichmay chekmay yurgan bilan,
Onam ko'nglin olgan bilan,
Otam rozi qilgan bilan,
Namoz o'qimayapman.
Vaqtim yo'qmi, yo'q-vaqtim bor,
Ko'cha kuyda yurgum bedor,
Bir aybimdan qilmayman or,
Namoz o'qimayapman.
Aqlliman men o'zimcha,
Yaqinlarim yuz ko'zicha,
Joynamozda biror kecha,
Namoz o'qimayapman.
Dunyo yumushlari bilan,
Miyam, qo'l oyog'im band,
Da'vatlarni qilmay pisand,
Namoz o'qimayapman.
Shuncha bergan va'dam qani,
Men ham musulmonmanmi,
Tarbiyalab jonu tanni,
Namoz o'qimayapman.
Kechayu kunduz chopaman,
Sahar chopib pul topaman,
Shahar chopip yo'l topaman,
Namoz o'qimayapman.
Ustozlar der Abdul Ahad,
Qiling besh mahal ibodat,
Bo'lolmayin elga ibrat,
Namoz o'qimayapman... Ahad Qayum
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1