O'g'lini qo'lida bir parcha qog'oz bor edi va u qog'ozni onasiga tutqazdi. onasiqog'ozni o'qiy boshladi:"Mening bir oylik uyga qiladigan xizmat xaqqim: Ertalab axlat olib chiqib tawlawim oyiga 10000, onam yo'qligida uylarni yig'ishtirganimga 20000, o'z xonamni o'zim tozalaganimga 20000, maktabda 5 baho olganimga 15000, onan betob bo'lib qolsalar, g'amxo'rlik qilganim va aptekaga borib kelganlarim uchun 50000. Jami 115000 so'm." Ona o'g'liga jilmayib boqdi va ruchkani oli qog'ozni orqa tomoniga bir nimalarni yoza boshladi. Ona yozishni tugatgach, qog'ozni o'g'liga tutqazdi. O'g'il qog'ozni o'qiy boshladi:"Seni 9 oy qornimda ko'tarib yurganim uchun 000 sum, tug'ilganingdan birinchi qadamni bosguningcha oq sut berganim uchun 000 sum, betob bo'lib qolganingda tunlarimni senga bag'ishlaganim uchun 000 sum, har tongda seni bog'chaga tashlab kelganim uchun 000 sum, har kuni ertalab qorningni to'yg'azib jo'natayotganim uchun 000 sum. Jami 000 sum." O'g'il onasiga ko'zidagi yosh bilan qaradi va qog'ozga yozdi:"To'lov to'landi. Qaytimiga umrimni oxirigacha sizni xizmatingizda bo'laman. ONAJON ! ! !"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 27