Sulaymon Egamizni sevardi, shuning uchun otasi Dovudning koʻrsatmalari boʻyicha yurardi. Lekin u ham sajdagohlarda qurbonlik qilar va tutatqi tutatardi.
Sulaymon Givonda kechasi tush koʻrdi. Tushida Egamiz zohir boʻldi. Xudo unga: — Tila tilagingni! — dedi. Sulaymon aytdi: — Ey Xudoyim! Otam Dovud Sening quling edi. Otam Senga sodiq boʻlib, solihlik bilan, toʻgʻri koʻngil bilan yurgani uchun unga ulugʻ sevgingni koʻrsatding. Otamga marhamat qilib, bugun uning taxtiga oʻtirmogʻi uchun unga bir oʻgʻil ato etding. Ey Egam Xudo, endi bu qulingni otam Dovud oʻrniga shoh qilding. Men esa bir yosh boladayman, koʻp narsaga aqlim yetmaydi, nima qilishimni ham bilmayman. Endi men, quling, Oʻzing tanlab olgan xalqni boshqarishim lozim. Koʻpligidan bu xalqni hisoblab chiqishning imkoni ham yoʻq. Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql–idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin. Binobarin, Sening shu qadar behisob xalqingga kim hukmronlik qila oladi?! Sulaymon soʻragan narsalar Rabbiyga maʼqul boʻldi. Soʻng Xudo unga dedi: — Sen oʻzing uchun uzoq umr soʻramading, oʻzing uchun boylik istamading, dushmanlaringning jonini soʻramading. Aksincha, toʻgʻri hukm etmoq uchun oʻzingga aql–idrok soʻrading. Oʻzingning soʻraganingga koʻra, senga donishmandlik va aql–idrok ato qilaman. Sendan avval oʻzingga oʻxshagani dunyoga kelmagan edi, bundan soʻng ham senga oʻxshagani dunyoga kelmas. Yana oʻzing soʻramagan narsalarni — boylik va shon–shuhratni ham beraman: umring boʻyi shohlar orasida senga teng keladigani boʻlmas. Sen ham otang Dovud singari, Mening yoʻllarimdan yursang, farmonlarimga, amrlarimga rioya qilsang, umringni yanada uzaytiraman. Sulaymon uygʻonib ketdi, hammasi tush edi. Shundan keyin u Quddusga keldi va Egamizning Ahd sandigʻi oldida turib, kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi, hamma aʼyonlariga ziyofat berdi.
https://www.youtube.com/watch?v=Y_0rBMRp-6g
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев