Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʼqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʼla olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Аynan shu gʼoya targʼibiga bagʼishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targʼib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
II jahon urushida Oʼzbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron boʼlib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok boʼldi.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Oʼtganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.