Jizzaxda Konstitutsiyaning 32 yilligi nishonlandi
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi nishonlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan soʻzga chiqdi.
Bugungi global muhitda tarixi buyuk, kelajagi porloq Ona Vatanimiz - Oʻzbekiston Respublikasining jahon davlatlari qatoridan munosib oʻrin egallashi, yurtdoshlarimizning farovon turmush tarzi, yoshlarimizning ertangi kunining yorugʻ boʻlishi, amalga oshirilayotgan bunyodkor islohotlarimiz beradigan samara hamda natijalarning salmoqdorligi – bari-barisi Bosh Qomusimiz asosida yaratilgan hayotiy prinsip va qoidalar bilan chambarchas bogʻliqdir.
Konstitutsiya ham yillar oʻtgan sari xalqimizga, jamiyat va davlatimizga xizmat qiladi, taraqqiyot mezonlari asosida oʻzgarib boradi. Shu kunga qadar 1992-yildan buyon konstitutsiyaga jami 15-marta oʻzgartish kiritilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi soʻngi marta 2023-yilning 30-aprelida oʻtgan referendum natijasiga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan yangi tahrirda qabul qilindi. Bu safardagi oʻzgarishlar koʻlami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi.
Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, Konstitutsiya 65 foizga yangilandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 2023-yilning 1-mayidan eʼtiboran kuchga kirdi.
Tantanali ruhda oʻtgan tadbirda sanatkorlarning chiqishi kelganlarni hushnud etdi.