Keldim...
Tirnalib ketdi jonim xo'rlanib ketdi jonim
Yo'limni topaman deb kirlanib ketdi qonim
Quvlaganlarim sarob, yo'qotganlarim serob
Ishonganim pand berdi zorlanib ketdi jonim
Men Senga qaytib keldim!
Yoshligim kuyga uchdi, bebosh har ko'yga ko'chdi.
Yigitni havas quchdi axloq chirog'i o'chdi
Kulganimdan shodlandim, kiyganimdan hadlandim.
Mittigina dard keldi xonumonimni ichdi.
Dardimni aytib keldim!
Sig'may qoldim ichimga, non botmaydi tishimga.
Hammasi tashlab ketdi chidolmay nolishimga.
"Oh dedim", "Labbay" Deding, Yaratganim Sen eding!
O'zing Haq yo'lni ko'rsat qilmish qidirmishimga.
Tashvishga botib keldim.
Poklandim poklash uchun, ishqqa o't qalash uchun.
Saxovatla yetimni boshini silash uchun.
Boshqa hech vaqoyim yo'q, qalbda umid bor toki,
Rahmating darig' tutma Yuzingga qarash uchun.
Shu onni kutib keldim!
16.02.2024
✍️ Abdugaffor Ahmad