'' YIGIT ZOTI SINMASIN DUNYODA''
O'tkinchi dunyoda omonat joni
qayda bo'lsa xam xor bo'lmasin xoli
boyligi ketsa xam ketmasin ori
Yigit zoti sinmasin dunyoda
Ishi tushib qolmasin chin do'stga xam
tog'lar qullab ketar ko'zda bo'lsa nam
duoga qo'l ochsa bergin yo Egam
Yigit zoti sinmasin dunyoda
Iymon etiqodi bo'lib ziyoda
yori tengsiz bo'lsin ibo xayoda
otliqda emas yursa xam piyoda
yigit zoti sinmasin dunyoda
Yo'qchilik nima-u yo'qchilik sinov
o'zingdan o'tganin tushunmas birov
yosh turib sochiga tushsa xam qirov
Yigit zoti sinmasin dunyoda
Musofir yurtlarda yurganlar qancha
risqini xalollab terganlar ancha
taqdir g'am toshini otsa xam qancha
Yigit zoti sinmasin dunyoda
Manziliga yetmay to'xtasa karvon
omadsizman deya o'kinma o'g'lon
zarli emas eski kiysa xam cho'pon
yigit zoti sinmasin dunyoda
Kulib qo'ying dushman qilganida mot
bilib qo'ying keyin chopar yaxshi ot
Xudodan yolvorib so'raydi OZOD
YIGIT ZOTI SINMASIN DUNYODA
........ OTABEK...NAIMOV...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше интересных видео и найти новых друзей.