23-sentabr — 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilayotgan XIX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 71 ta medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborli jihati, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — Mudofaa vazirligi sport markazi sportchilari 6 ta oltin, 5 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Kecha, 9-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo o‘yinlari sovrindorlari munosib kutib olindi.