O’zbekistonda turk litseylari va Turkiya universitetlarida o’qigan talabalarning bir nechasi o’zbek kuch idoralari tomonidan Nurchilar oqimiga a’zolik va boshqa diniy ayblarda ayblanganlar.
Anvar Rahmatqulov - Istanbulda faoliyat yurituvchi rassom va prodyucer.
U 1993 yildan beri Turkiyada yashaydi, ammo O’zbekistondagi bosimlar tufayli oxirgi yillarda vataniga qaytishga qo’rqqan. U hozirda Prezident Mirziyoyevning chaqiriqlaridan ilhomlanganini aytadi.