Bugun, 17-sentabr kuni “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining Amfiteatrida “ArMI-2022” o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘targan harbiy xizmatchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayramona tadbirda vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari har bir yo‘nalish bo‘yicha navbati bilan sahnaga chiqqan harbiy jamoalarning har bir a’zosini qutlab, pul mukofotlarini topshirishdi. Ya’ni, g‘olib va sovrindor bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz lavozim maoshlariga mos ravishda o‘n, olti va uch baravari miqdorida pul mukofoti hamda bir pag‘ona yuqori malaka toifalari bilan rag‘batlantirildi.
========================
Rasmiy saytimiz:
https://mudofaa.uz/
Telegram:
https://t.me/mudofaavazirligi
Facebook:
https://www.facebook.com/mudofaavazir...
Instagram:
https://www.instagram.com/mudofaavazi...
Youtube: /uzarmiya
Odnoklassniki:
https://ok.ru/mudofaavazirligi