Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Gulobod” va “Qayroqli” mahallalarida yillar davomida hal etilmay kelayotgan yo‘l muammosi mavjud. Mazkur mahallalarda yashovchi aholidan mahallani tuman markazi hamda shahar bilan bog‘lovchi ichki yo‘llarning taʼmirtalabligi, yilning qish va bahor oylarida transport qatnovida muammolar bo‘layotganligi haqida mutasaddi tashkilotlarga ko‘plab murojaatlar tushgan. Eng achinarlisi, fuqarolar tomonidan tuman hokimligiga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da muammo shu vaqtgacha hal etilmayapti.
“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev aholi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan yo‘l muammosi haqidagi fikrlarini eshitdi.