Avloniy buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, o'qituvchi, jurnalist va milliy arbob, o'zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri, mehnat qahramoni va professor. U milliy pedagogika, dramaturgiya, milliy teatr, publitsistika, bolalar adabiyotini yangi bosqichga ko'tardi va zamonaviy o'zbek maktabining rivojlanishi uchun ko'p ish qildi. Kinorejissyorlar aynan shu tarixiy shaxsni bosh qahramon sifatida olishga qaror qilishlari bejiz emas.