UFC va dunyoning eng muvaffaqiyatli sport funkcionerlaridan biri Dana Uayt haqida.
UFC'ni etti million dollarga sotib yuborishlari mumkin edi, biroq keyinchalik 4 milliardga sotildi.
2001 yilda Dana Uayt UFC prezidenti bo'ldi. Bunga qadar tashkilot SEG kompaniyasiga tegishli edi va yaxshigina qarzi bor edi. Uayt bu vaqtlarda kazino egallari aka-uka Fertittalar bilan aloqasi yaxshi edi. Fetittalar esa 2 million dollarga UFC'ni sotib olishdi.
UFC Uayt kelgunga qadar qanday edi...
2000 yilda UFC atigi oltita turnir tashkil etdi. Ikkita turnir Tokioda,
ikkitasi Luizanada, Ayova va Nyu-Jersida bittadan turnir tashkil etildi. SHaharlarning har-xilligi sabab esa u vaqtlarda Nevada va Nyu-York shaharlarda MMAga ruhsat yo'q edi.
Senator Jon Makkeyn tashkilotni keskin tanqid qilardi va UFC'ni taqiqlash kerakligi aytardi. U vaqtlarda tashkilotda umuman pul yo'q edi. 1993-2000 yillar oralig'ida tashkilot atigi 33 marta turnir tashkil etgandi.
Uaytning birinchi yili...
"Nima qilsangiz ham, davlatga qarshi chiqishingiz shart emas", - bu UFC prezidentining biznes qurishdagi tamoyillaridan biri. Uayt UFC'ning sobiq rahbariyatini liga qoidalarini davlat sport komissiyalariga moslashtirishga urinmagani, shunchaki turnir o'tkazilishi mumkin bo'lgan joylarni izlagani uchun tanqid qildi.
Everton" yaqin vaqtlar ichida Rafael Benitesni bosh murabbiylikdan istefoga chiqaradi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, klub rahbariyati uning qo'l ostidagi jamoaning natijalaridan mamnun emas. "Everton" so'nggi 13 o'yinda atigi bir marta g'alabaga erishgan.
19 o'yinda keyin "Everton" 19 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Avstraliya Federal sudining uning vizasini bekor qilish haqidagi qaroriga izoh berdi.
"Bugungi sud majlisi yakuni bo'yicha qisqacha izoh bermoqchiman. Endi biroz dam olaman va tiklanishim uchun vaqt ajrataman. Keyinroq qo'shimcha izohlar berishim mumkin.
Bu qarordan juda xafa bo'ldim, yani endi Avstraliyada qolib, Australian Open'da qatnasha olmayman. Lekin men bu qarorni hurmat qilaman va Avstraliyadan ketishim borasida rasmiylar bilan hamkorlik qilaman.
So'nggi haftalarda barcha etibor menga qaratilganidan xijolat bo'lyapman. Umid qilamanki, endi bor etiborimni o'zim yoqtirgan o'yin va turnirga qaratishimiz mumkin. Dunyo bo'ylab tennischilar, menejerlar, xodimlar, ko'ngillilar va muxlislarga muvaffaqiyatli turnir tilayman.
Doim qo'llab-quvvatlab turgan oilam, do'stlarim, jamoam, muxlislarim va hamyurtlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz men uchun katta kuch manbai bo'ldingiz",-dedi Novak Jokovich.