Oliy o‘quv yurtlariga 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari abituriyentlarning yana qarama-qarshi baholari, rozi-norozi munosabatlariga sabab bo‘lgan. Agar, imtihonlarini topshirib bo‘lgan bo‘lajak talabalarning turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlarida qoldirgan fikrlariga tayanilsa, bu yil ham shpargalka, qo‘l telefoni, domla va nazoratchi xodimlar misolida chetdan bevosita aralashuv hollari kuzatilgan. Shunday ekan, O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining shaffofligini qanday qilib ta’minlash mumkin? Tizimdagi poraxo‘rlik holatlarini yo‘qotishning qanday yo‘llari bor? - bu haftalik jonli muloqotimiz xuddi ana shu savollar atrofida. Tomosha qiling.