Qayerda bo'lsangiz va o'sha joyda qolishni istasangiz, bir daqiqaga shunday manzarani ko'z oldingizga keltiring: vaqti kelib nabiralaringiz sizdan :"Nega biz buncha kambag'almiz? Nima uchun boshqalar kabi to'kin-sochinlikda yashab, munosib tibbiy hizmatga ega bo'lib, o'zgalar kabi sixatgozlarda dam ololmaymiz?" deb so'rab qolishsa! O'ylab ku'ring, ularga nima deb javob berasiz? Balki o'shanda uyatdan ku'zlaringizni yerga qadab, avlodlaringizga tahminan quyidagi mazmunda maktubni uzatarsiz:
Bolalarim (nevara,chevaralarim)!
Men kambag'alman, chunki o'z xayotimni o'zgartirishni istamadim! Men juda ham yalqov edim va qiyinchiliklardan qo'rqar edim!
Menda boy bo'lish imkoniyati bor edi, ammo men uni boshqa birovga berib yubordim. Chunki men zaif odam edim!
Boy bo'lish uchun mexnatsevar, intizomli, ilmga intiluvchan bo'lish kerakligini juda yaxshi bilaman. Ammo xech nima qilmaslik uchun minglab baxonalar topdim. Umrimni bexuda o'tkazdim. Omadga erishgan kishilarning tajribasidan foydalanmadim. Qarangki, shuni ham epla olmadim.
Mana shuning uchun ham, aziz farzandlarim (nevara, chevaralarim), bizning avlod kambag'al, dasturhonimiz to'kin-sochin emas, og'iir sharoitlarda yashaymiz. Kiyinishimiz ham oddiy, kasal bo'lcak, dori-darmonga pulimiz yo'q. Yon-atrofimizdagi odamlarning qanday dam olishini esa faqat televizorlarda ko'ramiz.
Sizning omadsiz otangiz (buvangiz, katta buvangiz)
Marxamat qilib vijdonan ayting-chi: O'z avlodlaringizga yuqoridagidek maktub qoldirishni istarmidingiz? Yoki ish faoliyatingizdan ham moddiy, ham ma'naviy, ham ijodiy rux olib, farzandlaringiz, navaralaringizga quvonch tuxfa etish uchun xayotingizni o'zgartirganingiz ma'qulmi?