Germaniyada yashovchi, asli afg‘onistonlik Ismoil Safo Kun.uz‘ga murojaat qilib, tadbirkorlik qilish niyatida 2018 yilda O‘zbekistonga kelgani, bu yerda turizm sohasi rivojlanayotganini ko‘rib, jiyani Barekzay Aymal bilan birga dastlab tayyor mehmonxonani ijaraga olib turizm xizmatlarini ko‘rsatishni, keyinchalik esa o‘zlari mehmonxona qurishni rejalashtirishganini aytadi. Xorijdan sayyohlarni olib kelishi uchun ijaraga mehmonxona ni ijaraga olib, ikki yillik ijara haqi sifatida oldindan 80 ming dollar to‘laydi.
Biroq o‘zlarini otel sohiblari sifatida tanishtirgan shaxslar uni chuv tushirib ketishadi. Mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga ham bir yildan oshganiga qaramay haligacha tergov yakuniga yetkazilmagan. Bu orada besh marta tergovchi almashgan, jinoyat ishiga aloqador boshqa shaxslar nima uchundir tergovga jalb qilinmagan.
Rasmiy vebsayt:
http://kun.uz
Telegram kanalimiz:
https://telegram.me/kunuzofficial
Facebook`da kuzating:
https://www.facebook.com/kunuznews
Twitter`da kuzating:
https://twitter.com/KunUzNews
Instagram`da kuzating:
https://www.instagram.com/kun.uz
OK.ru`da kuzating:
http://ok.ru/kunuznews
VKontakte`da kuzating:
https://vk.com/kun_uz
TikTok`da kuzating:
https://www.tiktok.com/@kunuznews