"BUVIJONIM SOG'INDIM SIZNI"
Mexringizdan shodon o'ynadim,
Nomingizni tildan qo'ymadim,
Sizdek zotni xali ko'rmadim,
BUVIJONIM sog'indim sizni,
Siymoyingiz dilimda doim,
So'zlaringiz edi muloyim,
JANNATLARDA yuring iloyim,
BUVIJONIM sog'indim sizni,
Sizni ko'rsam kulardi yuzim,
Bag'ringizga otardim o'zim,
Axtarganda topolmas ko'zim,
BUVIJONIM sog'indim sizni,
Qancha dovonlardan o'tdingiz,
Nabiram deb qo'lim tutdingiz,
Endi maxshar tomon ketdingiz,
BUVIJONIM sog'indim sizni,
Chiroyligim edingiz xoksor,
Bugun sizga sher bitdim izxor,
Yana so'zim aytaman takror,
BUVIJONIM sog'indim sizni.