Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
O'zbekistonning So'x va Shohimardon eksklavlari hamda atrofdagi boshqa go'shalarni aylanib, xulosa shuki, turizm borasida taraqqiyot juda sust.
Bu hududlar siyosiy va iqtisodiy e'tiborga muhtoj. Infrastruktura eskirgan, ayniqsa Shohimardonda. Mahalliy turistlar oqimi oshar ekan, jamoat joylarida xavfsizlik choralari joriy etilganmi? Ichimlik suvi va hojatxonalar ta'minoti chatoq. Ovqatlanish uchun sharoit va boshqa zaruratlar ustida ishlash kerak.
Eng ko'p odam boradigan ziyoratgohlar va bog'larda sharoit nochor. Oddiy axborot beradigan markazlar yoki burchaklar yo'q.
Bu eksklavlar kimga ochiq, kimga yopiqligi haqida ham ma'lumot olish amri mahol.
"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan shohimardonliklar hududga sarmoya kelmasligi eng katta muammo deb hisoblaydi. Qirg'iziston orqali qurilish materiallari olib kirish qiyin. Eksklavga kirib-chiqish murakkab ekan, investitsiya qilishni xohlaganlar juda oz. Shohimardonni kichik tadbirkorlar boqmoqda, deydi aholi vakillari. Aholining iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan. Tirikchilik mavsumiy ishlarga bog'liq.
Ijobiy holatlardan biri - Shohimardonga sayohatga borganlar tog'lar ustidagi Qurbon-Ko'lga, Qirg'iziston hududidagi g'aroyib suv havzasiga ham o'tishi mumkin. Davlatlar sayyohlar uchun imkoniyat yaratgan. O'zbekiston fuqarolari maxsus post orqali kanat bilan ko'lga chiqib kelishi mumkin. Kishi boshiga 20 ming so'm.
Afsonaviy, tabiat mo'jizasi deya ta'riflanadigan ko'lga sayohatni tomosha qiling.
Показать еще
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше интересных видео и найти новых друзей.