O‘zbekiston Prezidentining 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2017/2018-o‘quv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan, ushbu viloyat tumanlaridagi ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantiradi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Foto: “Darakchi.uz”
Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017/2018-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Tasdiqlangan kvotaga ko‘ra mazkur oliy o‘quv yurtiga joriy yilda jami 20 ta yo‘nalishda 750 talaba qabul qilinishi belgilangan.
Batafsil: http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMediaThemeComments&st.groupId=52898539110581&st.themeId=67178403654581&_prevCmd=altGroupForum&tkn=5708#lst
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1