Dilda ming orzu tilak,
Har ko'chada ming yo'lak,
Senga raqib emasman,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Bir kasbning olib sirin,
Ko'rolmaydi bir birin,
To'smang chavondoz yo'lin,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Xasadda yonib yurak,
Dushman bo'lmoq ne kerak,
Dunyo talashmang bekor,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Dilingda bir tosh yotar,
Bu menga og'ir botar,
O'zingni bos birodar,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Ahvolingiz bo'lsa tang,
Buni dushmandan ko'rmang,
Do'stlar shuni unutmang,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Tishni qayrab do'stu yorga,
Qum sochmang oppoq qorga,
Xasad qilmang birovga,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
She'r yozib Ahad Qayum,
Dardlari uyum uyum,
O'lchamang mening bo'yim,
Karvon ko'p rizqi bo'lak.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5