Предыдущая публикация
Ishim tushdi ishq dardi be davolarga.
Sig'may qoldim hamma sig'gan dunyolarga,
Ko'zingizni o'zingizni sog'inganman.
Tunlardayin ma'yus ular qaro ular,
Yuragimga otash ular olov ular,
Oh qo'rqaman boshlarimga balo ular,
Ko'zingizni o'zingizni sog'inganman.
Qayga borsam dardingizda kuygan ko'ngil,
Ko'zingizni jonidan ham suygan ko'ngil,
Hijronlarning azobiga to'ygan ko'ngil,
Ko'zingizni o'zingizni sog'inganman.
Jonim beray sevdim degan so'zlar uchun,
Yuragimga muxrlangan izlar uchun,
Bu dunyoga kelganman shu ko'zlar uchun,
Ko'zingizni o'zingizni sog'inganman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 26