Предыдущая публикация
Taqdiriga azoblar bitgan,
Xar bir kuni sinovli o'tgan,
Ko'nglimni ko'p cho'ktiravermang.
Baxt neligin bilmay yashagan,
Orzulardan xazon to'shagan,
Umidlari qolmay bo'shagan,
Ko'nglimni ko'p cho'ktiravermang.
Armon bilan bo'lgan o'rtog',
Quvonch shodlik unga begona,
Istagim shu sizdan yagona,
Ko'nglimni ko'p cho'ktiravermang.
Faryodlari yoqar ichini,
Qayg'u ado qilgan kuchini,
Xayollardan topgan tinchini,
Ko'nglimni ko'p cho'ktiravermang.
Xayot arzon etgan qadrini,
Dilga ko'mgan xasrat dardini,
Qog'ozlarga to'kkan satrini,
Ko'nglimni ko'p cho'ktiravermang
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев