Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib
bermoqchiman. Iroda o'rtaxol oilada katta
bo'lgan. U kambag'al oiladagi bir yigitni,
qattiq sevib qoldi. Yigitni oilasi katta, ko'p
narsalarga imkoni yo'q edi. Iroda shunga
qaramay ham, uni sevaman deb
uyidagilarga qarshi chiqib, unga tegaman
deb, turib oldi.Onasi qizini fikridan
qaytarishga ko'p urindi, ammo iloji
bulmadi. Qizining qaysarligi onaizorni
azobga solardi. Qizni uyidagilar, to'yga
qattiq qarshi chiqishdi. Qiz baribir
so'zidan qaytmay, pinxona yigit bilan
turmush qurishdi. Bu yangilikni eshitgan
qizning ota-onasi, qizidan qattiq jaxli
chiqdi va undan voz kechdi. Irodani
ko'ziga xech narsa ko'rinmas edi. Sevgani
yonida baxtli edi. O'zini yettinchi osmonda
yurgandek his qilar edi. Irodaning turmush
o'rtog'i Elmurod ham, uni qattiq sevar edi.
To'ydan so'ng, Elmurod ishsiz qoldi.
To'yga bir hafta o'tar o'tmas, qaynonanig
kesatiq gaplari boshlandi. Bir mahal,
ovsini bir gazeta olib kelib qoldi. Unda
qimmatbaxo taqinchoqlarning surati bor
edi. Ularni orasidagi bir uzuk, Irodaga juda
yoqib qoldi. Kechqurun turmush o'rtog'iga
o'sha uzukni ko'rsatib, olib bering dedi.
Elmurod olib berishga imkoni yo'qligini,
uyga bozor qilish, ro'zg'or qilish
kerakligini tushuntirdi. "Men ishsizman,
seni o'ylayotgan gapingni qara" deb jaxl
qildi. Iroda o'sha kun tonggacha yig'ladi.
Ammo Elmurod, e'tibor ham bermadi.
Kechasi bilan uxlolmagan kelinchakni,
kuni og'ir boshlandi. Ertalabdan
qaynonaning javrashi, hamma hammasidan
charchagandi. Uyiga ham, bora olmasdi.
Chunki uyidagilar uni, qabul qilmasligini
yaxshi bilardi. To'yiga 16 kun bo'lgandan
so'ng, bir kuni ovsini ishlashga men bilan
chiqing dedi. Elmurod borishiga ruxsat
berdi. Iroda ham juda xursand bo'ldi. Endi
qaynonasini ovozini kamroq eshitishdan.
Ovsini Irodani ayollar gavjum bo'lib turgan
joyga olib bordi. Bu mardikor ayollar
yig'iladigan joy edi. Bir mahal Irodanning
yoniga kelib, bir mashina to'xtadi. Ichida
chamasi qirqdan oshgan, qorindor bir
erkak bor edi. Irodaga qaradida,
mashinaga o'tirishini aytdi.Ovsini shartta
Irodani qo'lidan ushlab, mashinaga olib
chiqdi. Yo'lda ketishar ekan, ovsini bu
erkakni tanishini aytdi va erkak bilan xuddi
qadrdondek gaplashishni boshladi. Iroda
hech narsaga tushunmas, indamay
ovsinini aytganini qilar edi. Ularni bir katta
dalahovliga olib kelishdi. Bir oz muddat
oynalarni yuvishdi. Keyin haligi erkak,
ularni abetga chaqirdi. Ichkariga kirgandan
so'ng, Iroda juda hayron qoldi.
Dasturxonda yo'q narsani o'zi yo'q edi.
Xamma nozu ne'matlar, shirin shirin
taomlar bor edi. Ovqatlangach, erkak,
ularga ichkilik tavsiya qildi. Ovsini ichdi,
ammo, Iroda uyga borishi kerak ekanligini
aytib, ichmaslik yo'lini qidirdi. Erkak
bo'lsa, o'zim olib borib qo'yaman dedi.
Ovsini ham, Irodani ichishga majburlay
boshladi. Irodani qulog'iga ichmasang
bo'lmaydi, odobsizlik bo'ladi deb
aytgandan so'ng, Iroda noiloj ichdi. Bir
ozdan so'ng boshi qattiq aylana boshladi.
So'ng, sal o'ziga kelgach, o'zini
yotoqxonada bir ahvolda ko'rdi. Eshikdan
boyagi erkak, qo'lida qadax bilan kirib
kelardi. Iroda qattiq qo'rqib ketdi. Nimalar
bo'layotganini, nimalar bo'lganinini
eslashga urinardi. Ammo hech narsani
eslay olmasdi. Yonidagi to'shakni olib,
ustiga yopdida xaliga erkakka yalinishni
boshladi. "O'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. Axir, axir chillasi chiqmagan
kelinchak bo'lsam, o'tinaman sizdan, meni
qo'yib yuboring. "Ko'zlaridan yoshlar oqa
boshladi. haligi erkak bo'lsa, Irodaga
yanada yaqin kelardi. Iroda nima qilishini
bilmasdi. Hech qachon bunday bo'lishi
mumkunligi haqida o'ylamagan qiz, faqat
yig'lardi va o'tinib haligi erkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos. Haligi
erkak, Irodaga yaqin keldida, "bunga men
aybdor emasman, chillasi chiqmagan
kelinchakni ko'chaga chiqarib qo'ygan,
eringiz aybdor". Iroda boshqa hech narsa
demadi. Ko'zlarini yumdi. Bir oz
muddatdan so'ng, ko'zlarini ochdi. Yonida
katta idishda shokolad, pastroqda esa
chiroyli liboslar. Iroda turdida, kiyinib oldi.
Stolni ustida ikkita quticha bor edi. Biri
kichkina quticha. Ichini ochdi. Ichida o'zi
orzu qilgan o'sha rasmdagi uzuk edi.
Ikkinchisida esa, unga moslab olingan
tumor bor edi. Iroda tashqariga chiqdi.
Hovlida ovsini uni qo'lidan ushlaganda va
ahvolini so'raganda, sal bo'lsa ham o'ziga
keldi. Ungacham bo'lgan voqealar unga
xuddi tushdek tuyilgandi. Ular mashinaga
o'tirishdi. Bir maxal ichkaridan boyagi
erkak, to'xtanglar deb baqirdi. Mashina
to'xtadi.Erkak orqa eshikni ochdida,
Irodaga boyagi ikki qutichani berdi.
Mashina ketishda davom etdi. Oradan bir
xafta o'tdi. Iroda o'ziga kela olmasdi.
Turmush o'rtog'ini yonida bo'lganida esa,
o'sha mash'um kun, yana
qaytarilayotgandek tuyilar edi. Shu sabab
ham, u eridan o'zini olib qocha
boshlagandi. Qaynonani javrashlari ham,
endi Irodani qulog'iga kirmasdi. Ko'zini bir
nuqtaga qadagancha, jim yurardi xolos.
Ichida esa, qattiq o'rtanar, nima qilishni
bilmas edi. Bu ahvolini ko'rib, ovsini bir
kuni uni chetga tortida, gaplashib oldi.
"Iroda bilasizmi, men xam sevib turmush
qurganman. Ammo ahvolni bilasiz, xech
narsaga imkon yo'q. Meni xam o'z
orzularim bor. Iltimos qilaman, bunday
yurmang. O'zingiz uchun bo'lmasa, xech
bo'lmasa men uchun iltimos sizdan.
Eringiz o'sha kuni nima bo'ldi deb so'radi.
Aytishicha o'sha kundan beri o'zgarib
qolgan ekansiz. Iroda, iltimos men uchun
bunday yurmang. Iltimos qilaman! Shu
vaqt uyga, mexmonlar keldi. Bu, Irodaning
ota onasi edi. Ular nixoyat qizini turmush
qurganini tan olib, uni ko'rgani kelishgandi
aslida. Xursand bo'lishi kerak bo'lgan
Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil sig'masdi.
Hamma dasturxon ustida kulishib suxbat
qilishardi. Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir
maxal, Elmurod Irodani chaqirdi. Ovozi
chiqmadi. Ikki marta, uch marta chaqirdi.
Ammo javob ovozi kelamdi. Elmurod sekin
o'rnidan turib, xotinini qidirishga tushdi.
Ammo u uyda emas edi. Shunda xamma
yig'ilganlar, uni qidira boshladi.
Ko'chadan, qo'ni qo'shnilardan. Ammo
hech qanday foydasi bo'lmadi. Ko'chada
o'ynab yurgan bir bolakay, Elmurodni
yoniga kelib, kelnoyim jar tomonga
ketdilar, deb aytdi. Irodani uyidan sal
pastroqda katta jar bor edi. Jar, shu qadar
katta ediki, uni tubi ko'rinmasdi. Uydagilar
sekin jar tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin
qolishganda, Irodani ro'molini topib
olishdi. Ro'mol yerda yotardi. Elmurod
yugurdi. Jarni uchigacham bordi. Ammo u
yerda Iroda yo'q edi. Jarni boshida bir
narsa yaltiraganini ko'rgan ovsini, sekin
borib yaltiragan narsaga qo'l cho'zdi. Bu
o'sha tilla uzuk edi. Ovsini bildi nega
bunday bo'lganini va Iroda qayerda
ekanini. Sekin pastga qaradi. Hech narsa
ko'rinmas edi. U o'lgan dedi, ovsin o'ziga
o'zi. Irodani o'lganini bilsada, ammo
uydagilarga xech narsani ayta olmasdi.
Oradan bir kun o'tib, Irodani yo'qolganlar
ro'yxatiga qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har
kuni uni izlar, ammo topolmas edi. Qaydan
ham topsin, axir u o'lgan. O'lganini bilgan
odam esa, hech qachon bu gapni ayta
olmaydi. Bu ibratli hikoya sizga yoqadi
degan umiddaman. Hikoyani avtori
menmas. Xato va kamchiliklari bo'lsa
oldindan barchangizdan uzr so'rayman.
Alloh o'zi bizni nafs balosidan asrasin.
Shuni unutmangki: Bu dunyoda barcha
gunoh kechirilishi mumkin. Ammo
xiyonatmas!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11