Angladim termulib qarashlaringdan.
Yig'lama keldimku suyukli erkam,
Ko'zing qizaribdi ko'z yoshlaringdan.
Sezdim qon yig'labsan yolg'on desang ham,
Ko'zing lolalardan olibdi-ku rang.
Dunyoda sen kabi vafodorlar kam,
Ma'yuslik rangiga kiribdi chehrang.
Bildim qiynalibsan yo'lga termulib,
Ko'ringan sharpani o'shamikan deb.
Mana turibman-ku qarshingda kulib,
Qoshing qaldirg'ochga o'xsharmikan deb.
Sezdim sog'inibsan so'zlamasang ham,
Ko'zing so'zlamoqda sog'inchlaringni.
Tashrifim qalbinga beribdi malham,
Ko'zlaring yashirmas sevinchlaringni.
Hijron zanjirlarin uzolmaganda,
Uzun kipriginga ilinibdi yosh.
Sog'inch qafaslarin buzolmaganda,
Mening suratimni etibsan sirdosh.
Sezdim sog'inibsan so'zlamasang ham,
Sevasiz-a? deya so'rashlaringdan.
Jimgina tortaman bag'rimga erkam,
Mehr-la o'paman ko'z qoshlaringni.
Sezdim sog'inibsan, sog'inchlar axir,
Har baxtli oshiqqa berilgan ehson.
Garchi ming bor achchiq, zahardek taxir,
Shu sabab sevgisin anglay
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев