Tanishguncha shirin so'zla ado qilar Sevdim deya o'zlarini shaydo qilar Aytganini bir amallab paydo qilar Mexri yolg'on insonlardan charchadim men Osmon edi avvallari va'dalari Ko'p ekanda xiyonatu nag'malari Ishi bitgach boshlandiku zardalari Mexri yolg'on insonlardan charchadim men Kulib turib so'ngra bag'rim tilganlardan Or-nomusni oyog'osti qilganlardan Dardim tinglab goh ustimdan kulganlardan Mexri yolg'on insonlardan charchadim men Yurak yig'lar, kimga aytay dard- u nolam Yostiq quchib, tunda ko'zdan oqar jolam Nahot shuncha yomonlarga to'ldi olam Mexri yolg'on insonlardan charchadim men Qarab turib shu yolg'onchi ko'zingizga Bugun mana gapim aytay yuzingizga Tupuraman endi aytgan so'zingizga Mexri yolg'on insonlardan charchadim men Yodimdasiz lek o'zgada ko'z qiringiz Vafo nima hech bilmaydi bu dilingiz Oddiy mehr berolmaysiz hech biringiz Mexri yolg'on insonlardan charshadim
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев