Предыдущая публикация
Koʻngil suygan yorga
Taqdir koʻnmadi
Taqdir koʻnganiga
Koʻngil toʻlmadi
Dilim ohlar chekdi
Birov sezmadi
Ishqdan oʻzim bezdim
Koʻngil bezmadi
Osmonga termulib
Koʻzlarim toldi
Oromijon yorim
Qaylarda qoldi
Baxtni izlamayman
Toʻsmayman yoʻlin
Endi oʻzi bersin
Uzatib qoʻlin
Axir yigʻlolmadim
Yorning toʻyida
Aqlimdan ham ozdim
Sevgi oʻyida
Kullar qoldi yonib
Kuygan sevgidan
Baxtlar koʻrsin jonon
Topgan tengidan
Dehqon bolasidan
Or qilganlar bor
Dehqon bolasiga
Zor qolganlar bor
Yigʻlatib vujudin
Oʻzga bagʻrida
Pokiza sevgini
Xor qilganlar bor
Doʻstlar chidolmadim
Ichim toʻlganda
Chimildiq ichida
Gulim soʻlganda
© Muhammad Aziz
@sohilimiz
👆👆👆👆👆👆
🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев