loyiqmidi ? (Bitiruv
oqshomida!!!)
Laylo, shunday qismatga
loyiqmidi ? (Bitiruv
oqshomida!!!)
Maktab vaqtlari, Laylo ismli
sinfdoshini sevib qolgan
Bahrom, uncha-munchaga sir-boy bermasdi. Sevishini
ham, pinhona yuragida
asrardi. Laylo ham,
Bahromga befarq emas edi.
9-sinf ... Bitiruv o'quv yili.
25-mayda qo'ng'iroq chalingach, bitiruv
imtihonlari boshlanib ketdi.
Laylo, imtihon varaqalarida
Bahromga ko'maklashib
turardi. U, juda chiroyli qiz
bo'lgani uchun, ko'plab yigitlar unga oshiq edi.
Bahrom va Layloni birga
ko'rishsa, Layloni rashk
qilishib, yo'q joydan Bahrom
bilan janjal chiqarishardi va
u bilan urushishardi. Ulardan ham oshib
tushadigan bir bezori,
aniqroq aytganda, sinfning
eng passiv va tarbiyasiz
o'quvchisi Bekzod ismli bir
bola bo'lar edi. Qiladigan ishi yo'q-ki birov ozor
chekmasa. Har bir ishida
ko'ngil xiralik... Imtihon
paytlarida, Layloni Bahrom
bilan fikr-mulohaza
almashayotganini ko'rgan Bekzod, alamidan Bahromni
yanchib tashlagudek
g'azablandi. Chunki u ham
sinfdoshi Layloni sevardi...
17-iyun, kechki soat 20:10
lar... Bitiruvchilar uchun so'ngi manzil kuni. Bitiruv
oqshomini tashkil etgan
sinfdoshlar shu kuni
yig'ilishib, bir umrga
muhrlanib qoladigan onlarni
tantana qilishardi. - Ooo Laylo, ochilib
ketibsanmi ? Shundog'am
go'zalliginga tan berardim.
Hozir umuman tan berdim-
ey... - dedi Bekzod, Layloni
yo'lini to'sib. Laylo esa, hechnarsa demay, o'tib
ketmoqchi bo'ldi. Ammo
yo'lini to'sib turganini
ko'rib, - Qoch yo'limdan ! -
deb buyurdi. Garchi
sinfdosh bo'lishsa-da, Laylo uni qanaqa inson ekanligini
bilardi.
- Ha Laylo-xon, namuncha
nervinnisan ? A-bugun
bayram bo'lsa. Rahmat ham
demading. Atak maqtash ham emas, to'g'risini
aytuvdim. Ha mayli. Agar
vaqting bo'lsa, senga
ozmuncha gaplarim bor
edi...
- Yo'q ! Vaqtim yo'q ! O'tkazib yubor meni !
- O'tkazmasam nima
bo'ladi ? Anavi so'tak
Bahromga aytasanmi ?
Ozgina meni eshit. Keyin
ketaverasan. - Og'zinga qarab gapir !
Bahrom akamga til
tegkizma !
- Voy-yyey, "Bahrom
akam" mish. Zo'r eshitilar
ekan-a ? "Bah-rom a-kam". Vuhahahahaha. Qo'rqitib
yubording-ku. Qayerdagi
so'takni akam deyapsanmi
Laylo ? Mana men senga
akadan ham yaqinroq
bo'laman-da. Bugun ikkimizni kunimiz.
- Senga hali mazah
bo'ldimmi ? Sen,
o'zingdaqalarga yaqinsan,
tushundingmi ? - Laylo shu
so'zlarni aytar ekan, uni durtib o'tib ketdi. Bu orada
ro'paradan Bahrom kelib
qoldi. Layloni Bekzod
tomondan yig'lab
kelayotganini ko'rib, - Nima
bo'ldi Laylo ? Kim xafa qildi ? - deb so'radi. Ammo
Laylo gapirmay,
darvozadan yig'lab chiqib
ketdi. G'azablangan
Bahrom, u tomon
yaqinlasha boshladi. - Layloga nima deding
pastkash ?
- Tushunmadim ? Senga
nima tentak ?! E, karochi
surgin buyerdan so'tak.
Ooo, qofiyani ham o'xshatib urdim-u, hahahahaha...
Bu gapga chiday olmagan
Bahrom, unga kuchli musht
tushurdi.
- Odammisan o'zing ?
Bugun qanaqa kun ekanini bilasan-ku ! Hech bo'lmasa
shu kun birovni dilini xira
qilmasang bo'lardi. Shu
kungacha indamay keldim.
Aql kirar senga ham, har
holda sinfdoshmiz deb o'ylagandim. Yo'q, sen
unday bo'lmading. Bilib qo'y,
men Layloni sevaman !
O'quv paytlari bo'lgani
uchun, buni hechkimga
bildirmas edim. Endi hamma bilsa ham mayli. Menga
qara, agar unga yana bir
bor yaqinlashganingni
ko'rsam yoki eshitsam,
manashu ikki oyog'ingni
urib sindiraman ! Shu kungacha ko'pchilikni
ko'nglini qoldirib kelding.
Sendaqalarga bitiruv
oqshomida qatnashishni o'zi
hayf ! - deb, Bahrom uni
urishda davom etdi. To'z- to'polonni ko'rib, boshqalar
yetib kelishdi va Bahromni
ushlab qolishdi.
- Bahrom ! Tinchlan o'rto !
Esingni yedingmi ? Hozir
o'ldirib qo'yasan-ku ! Bugun bayramimiz bo'lsa. Qo'y,
buni a'zaga aylantirma !
O'zingni bos, - deb
Bahromni o'rtog'lari
tinchlantirishga urunishdi.
- Qo'yvoringlar meni ! Esimni yeganim yo'q. Lekin
manabu pastkashga bu ham
kam ! Laylo qani ? Hozir
bu, hammaning oldida
Laylodan kechirim so'raydi !
Laylo, shuyerdamisan ? Laylo ?
- Bahrom, Laylo buyerda
yo'q, ichkarida ham yo'q.
Biz shuyerdadir deb
o'ylagandik, - dedi
sinfdoshlardan biri. Bahrom, oxirgi bor Layloni
darvozadan tashqariga
chiqib ketganida ko'rganini
esladi va xavotirlanib
o'qdek xonadan chiqib
ketdi. Asvalt yo'lga chiqib, uni qidira boshladi... Biroz
oldinroq yurib, yo'l
chekkasida odamlar
gavjumligini ko'rdi va o'sha
tomon yaqinlasha boshladi.
Atrofta, bir mashinaning ayrim yerlari zararlangani,
militsiya, odamlarning g'ala-
g'ovuri... Tobora ularga
yaqinlashar ekan,
Bahromning yuragi tez ura
boshladi. - Kechirasiz, tinchlikmi ?
Buyerda nima bo'ldi ? -
gavjumlashgan odamlarning
biridan so'radi Bahrom.
- Eh so'ramang, to'qnashuv
yuz berdi. Anavi Neksiya haydovchisi, bir yoshgina
qizni urib yubordi. Xayolga
tolibmi bilmadim, mashina
yo'liga chiqib qoldi. Essiz,
yoshgina qiz edi...
- Ki-ki-kiyimlari qanaqa rangda ekanini ee-eslay
olasizmi ? - qo'rquvga
tushgan Bahrom, zo'rg'a tili
aylanib gapirdi.
- Kiyimlari, och-qizil
ranglardan iborat edi-yov. Nafasi ortga tortgan
Bahrom, u qiz Laylo
ekaniga amin bo'ldi. Chunki,
Laylo och-qizil rangni
yoqtirardi. Bitiruv
kechasiga ham, aynan shu rangli kiyimda kelgan edi.
Avtohalokat bo'lganini
bilgan zahot, "ilohim Laylo
bo'lmasin-da" deb qo'rqib
turgan Bahrom, bu
gaplardan so'ng, o'zini butunlay yo'qotdi.
- K-k-kechirasiz, qaysi k-
kasalxonaga olib ketishgani
bilmay-siz-mi ?
- Unisini bilmadim ukam.
Shu tomonga ketishganiga qaraganda, birinchi rangli
chiroq oldidagi kasalhonaga
olib ketishdi menimcha.
- Rah-mat sizga, - Bahrom
o'sha tomonga qarab
yugurib ketdi. Yo'lda ketar ekan, Layloni o'ylab
ko'zlariga yosh keldi.
"Layloyim, meni kechir. Seni
himoya qilolmadim. Agar
senga bir gap bo'lsa,
o'zimni kechirmayman. Anavi pastkash Bekzodni esa,
o'ldiraman !". - Bahrom
yo'lda ketayotib, birinchi
rangli chiroq ro'parasidagi
kasalhonaga kirdi.
- Salom. Kechirasiz, biron daqiqalar oldin bu yerga,
bir qizni tez yordam
mashinasida olib
kelishmadimi ? - hovliqib
so'radi Bahrom, eshik
oldida turgan hamshiralardan.
- Vaaleykum salom. Endi,
aniq siz aytgan kishimi
bilmadim-u, bir og'ir
ahvolda bemor olib
kelishgandi, sal oldinroq. Bu siz aytgan kishi bo'lsa
kerak, agar kasalhonada
adashmagan bo'lsangiz.
Chunki undan oldingi bemor
kelgani, kunduzi vaqti edi.
Oxirgisi esa, salgina avval keldi. Balki o'shadur...
- Ha rahmat. Qayerga
borishim kerak ? Iltimos,
shuni tushuntiring menga.
Iltimos, faqat tezroq.
- Ha, shu zal bilan to'g'ri borib, yo'lakni eng oxiridan
chapga burulasiz.
To'g'ridagi yigirma uchinchi
eshik, jonlantirish bo'limi.
Uyerda doktorlar bor,
so'rasangiz aniqlab berishadi. Ha aytgancha,
ikkinchi bo'limlarga o'tish
uchun, ruxsatnoma olishiz
kerak. O'sha yerga boring,
o'zlari aytishadi.
- Xo'p. Rahmat sizga. Bahrom shosha-pisha o'sha
tomonga yugurdi. Bo'limga
kiraverishda,
tekshiruvchilar uni
ichkariga kirishiga ruhsat
berishmadi. Bahrom ulardan, sal oldinroq olib
kelingan bemorni ahvoli
qanday ekanini so'ray
boshladi...
- Tinchlaning ! U bemorni
kimi bo'lasiz ? - A ? ... Ha, u qiz ... U qiz
meni borlig'im, yomon
kunlarimda ham, ba'zi
hollarda yonimda bo'lmasa-
da, yonimdadek menga
dalda bo'lib, chin mehrni bera olgan qadirli inson...
- Men sizga kimi bo'lasiz
dedim. U sizga qanday
ahamiyatli deb so'ramadim
shekilli. Akasimisiz,
ukasimisiz, qarindoshi yoki do'stimisiz shuni
so'rayapman.
- Ha kechirasiz, u meni
sinfdoshim. Ismi Laylo. Ya'ni
Laylo bilan sinfdoshmiz.
Uning ahvoli yaxshimi ?! Iltimos, menga aniq
ma'lumot ayting. Yoki uni
ko'rishimga ruhsat bering !
- Yaxshi yigit, oldin bizga
Layloning ota-onasi yoki
biron-bir qarindoshlarini chaqirib bering. Hozir
qilinishi kerak bo'lgan eng
muhim ish shu.
- Xo'p. Faqat uni ahvoli
yaxshimi ? Menga shuni
ayting bo'ldi. Yaxshi ekanini eshitmasam,
tinchlanolmayman. Ayting
Doktor, Laylo yashaydimi ?
- Ismingiz nima ?
- Ismim, Bahrom ...
- Bahrom, avvalo tinchlanib oling. Ahvoli yaxshi. Faqat
ko'p qon yo'qotgan. Endi
darhol, uning Ota-onasini
buyerga chaqiring.
- Xo'p-xo'p, Xudoga
shukur, ahvoli yaxshi bo'lsa-bo'ldi. Hozir
chaqiraman.
Bahrom, darhol Layloning
uy telefoniga qo'ng'iroq
qilib, ota-onasini
kasalhonaga chaqirdi. Baxtsiz hodisani eshitgan
Layloning ota-onasi, tezda
Bahrom aytgan manzilga
yetib kelishdi. Layloning
onasi yig'lab, Bahromdan
nimaga bunday bo'lganini so'ray boshladi. Bahrom
esa, qattiq hayajonlangani
va qo'rqganidan, ularga
hechnarsa deya olmadi.
Doktorlar, Layloni ota-
onasini yolg'iz gaplashib olish uchun ikkariga
chaqirishdi. Bahrom, nima
gapligini bilmay, zalda kutib
turdi. Bir payt,
"Yo'o'o'o'o'o'q, qizalog'im,
qizalog'im, bunday bo'lishi mumkin emas" degan
Layloning onasini baqirgan
tovushi eshitildi. Buni
eshitgan Bahrom,
yugurgancha palataga kirdi.
- Nima bo'ldi ? Laylo ? Laylo qani ? - jon holatda
gapirdi Bahrom.
- Bir pas chiqib turing siz.
Halal bermang, - xafa
holda doktor. Bu xomush
gapirishlar, Layloning onasini dod solib yig'lashi,
yaxshilik alomati emas
ekanligini Bahrom sezardi.
- Layloni nima qildinglar ?
Javob beringlar ! Laylo
qayerda ?! Layloooooooo ?!! - Bahrom
jahl bilan gapirar ekan,
ko'zlari namlandi.
- Bahromjon, o'g'lim,
Laylodan ayrilib qoldik... -
ko'zlarida yosh bilan, Layloning otasi Erkin aka
mungli so'z boshladi.
- Niii-maa ??? Yolg'on,
yolg'oooon ! Bu-bu... Bu
bo'lishi mumkin emas !
Qanaqasiga axir ? Laylooo ? Layloooooooo ?!!!
- esankirab qolgan Bahrom,
jon holatda gapirishidan
ovozi bo'g'ilib.
- Tinchlaning Bahrom.
Bunday alamli kechinmalar, hammamizning boshimizda
bor. Allohni irodasi ekan,
sabr bersin. O'zingizni
qo'lga oling, - dalda berib
doktor.
- O'zingizni qo'lga oling ? Bunday vaziyatda
tinchlanib bo'ladimi ? Bir
farishtadek qiz, bu dunyoni
tark etadi-yu, men
tinchlana olamanmi ?
Sizlarga o'ldi-ketdi ekanda-a ?
- Bu nima deganingiz ?
Layloni kasalhonaga olib
kelishganda, afsuski joni
uzulib bo'lgan ekan... Biz
qo'limizdan kelganicha harakat qildik, ammo...
- Bundan chiqdi "Layloning
ahvoli yaxshi" deb, meni
aldagan ekansizlarda ? Hali
bu ishlaringiz uchun javob
berasiz ! Topib beringlar menga Layloni !!! U bunday
qismatga loyiq emas. Nima
uchun axiiiiir, nima uchun ?
- jahl bilan gapirar ekan,
Bahromning ko'zlari alam
yoshlariga to'ldi. - Ey Ollohim, bizdan qanday
gunoh o'tdi-ki, yuragimizni
bir parchasidan ayirding ?!
Qizalog'imni qaytarib ber,
yalinaman. Hali o'n gulidan
bir guli ham ochilmagandi qizimni, - Layloning onasi
kuchli bosim va ayriliq
azobiga chiday olmay, shu
so'zlarni aytib hushidan
ketdi. Farzandini o'lganini
eshitgan har qanday onaizor, bunga bardosh
berolmasligi tabiiy...
- Sabohat ? Sabohat ?!
Ko'zingni och ! Sabohaat ?!!
- Erkin aka, xotini
Sabohatga yuzlanib. Yuragi parchalangandek bo'lib,
o'zini yo'qotgan Erkin aka
ham, ko'z yoshlarini
yashira olmadi. Qanday ham
yashirsin ? Yakka-yu
yagona, birovga zarracha ozori yetmagan, qalbi
pokiza qizi, bu yolg'onchi
dunyoni erta tark etadi-
yu, yig'lamay olarmidi ? Eh,
bu hayotda, inson
nechog'lik ayanchli qismatlarni ko'rmas ekan
deysiz. Eshik chekkasida
shokdan o'ziga kelib
ulgurmagan Bahrom,
o'rnidan ko'tarildi va jahl
bilan eshikni durtib chiqib ketdi. Yo'lda mashina
saqladi va bitiruv oqshomi
o'tkazilayotgan sinfdoshini
manzilini aytib, o'sha
tomonga yurishini ta'kidladi.
Bahromning ko'zlari, bamisoli qonga to'lgandi.
Layloning o'lganiga ishongisi
kelmasa-da, baribir
haqiqatni tan olishini
bilardi. U, Layloning o'limida
sinfdoshi Bekzodni aybdor deb hisobladi va qalbini
unga nisbatdan nafratga
to'ldirdi. Bitiruv kechasi
o'tkazilayotgan uyga
yaqinlashar ekan,
haydovchiga shuyerda to'xtatishini aytdi.
Mashinadan tushgan
Bahrom, darvoza oldida
sigareta tutatib turgan
Bekzod ko'rib, yanada
g'azablandi. Daraxt ortidan asta-sekin yashirinib
borishni ma'qul ko'rdi.
Keyin, birdan kelib uni
og'zini qo'li bilan berkitdi-
da, chetroqga sudrab
tortdi. Uzoqroq joyga oborib, yerga itarib
yubordi...
- Pastkash Bekzod,
o'ldiraman sen betarbiyani !
Nimalar qilib qo'yganingni
bilasanmi ? - O' mishqi, bu nima
qilganing ?! Nimalar deb
g'inshiyapsan o'zi ?
- Bir farishtani ko'nglini
og'ritib, bu hayotda
yashashidan mahrum qilding. Seni o'ldiraman !
Ming lanat senga ! -
Bahrom ayamay uni ura
ketdi. Shu qadar jahl bilan
urardi-ki, Bekzodni
hammayog'i ezg'ilanib, qonga bulg'andi. Atrof qop-
qorong'u bo'lgani uchun,
jarayon qanday
kechayotgani bilinmasdi.
Oyning bulutlar orasidan
ozgina ko'rinib turishi, biroz bo'lsa-da atrofni
kuzatishga zamin bo'lardi.
Qarshilik ko'rsatishga
ulgurolmagan Bekzod,
yerda qimir etmay yotardi.
Bahrom, qattiq g'azablanganidan, uni
urishdan to'xtamasdi. Bir
pasda oyog'ini osti suvdek
qonga belandi. Tobora
urishdan sekinlashayotgan
Bahrom, to'xtadi va ortiga qaytdi. Bunchalik
shavqatsizlik bo'lishini
kutmagan Bahrom,
sinfdoshlari oldiga bormay,
to'g'ri uyiga ketdi. Soat
ham, allamahal bo'lib qolgandi. Charchab holi
qolmagani bois, xonasiga
kiriboq, holini yo'qotdi.
Ko'zini ochganda esa, tong
otgan edi. Birdan cho'chib
uyg'ongan Bahrom, kechqurun bo'lib o'tgan
voqealarni eslay boshladi.
"Tushummidi yoki o'ngim ?"
- shu savolni o'ziga berar
ekan, kiyimlarida qon
dog'larini ko'rgach, o'ngida bo'lganiga ishondi. Layloni
yo'qotgani yodiga kelib,
ko'z yoshlarini yashira
olmadi... Bir payt telefoni
musiqa chala boshladi.
- Alo ? - Alo, Bahrom ?
Qayerdasan ? Shu
kechqurun qayerda eding ?
Necha marotaba telefon
qildim, ko'tarmading, -
sinfdosh o'rtog'i so'roqga tutib.
- Uzr, ayrim sabablarga
ko'ra ko'tarolmadim. Nima
gap ?
- Tez San'at (bitiruv
kechasi o'tkazilgan uy egasi) larnikiga yetib kel.
Ahvol jiddiy. Anavi Bekzod...
Haligi... O'sha, shu
kechqurun vafot etibdi.
Aniqrog'i uni o'ldirib
ketishibdi... - Nima ??? Qachon ??!
Qanaqasiga ?!
- Bilmadim. Boshiga qattiq
jism tekgan va ezilib
ketgan deyishayapti.
O'ntaga yaqin militsiya kelgan. Hammani
yig'ishyapti. Sen kecha
Bekzod bilan
janjallashganding. Mabodo
bu ishga aralashganing
yo'qmi ? Alo ? Eshityapsanmi ? Bahrom ?!
Alo ?! ...
Bahrom, Bekzodning boshi
qanday ezg'ilanganini keyin
tushundi. Uni urayotgan
yer maydonida, tosh va shag'allar ko'p edi... Bahrom
nimalar bo'layotganini
ko'rib, yurak bag'ri tilka-
pora bo'ldi. "Jahl chiqsa -
aql ketadi" deganlaridek,
jahl ustida odam o'ldirib qo'yganiga va Laylodan
ayrilganiga chiday olmadi...
(Oradan uch soat o'tdi)
- Bahromjon, ha ana
chiqarsan xonangdan deb
kutdik, mana chiqarsan deb kutdik, lekin chiqmading. A-
tushlik bo'lib ketdi-ku ...
O'g'lim shuyerdamisan ? -
dedi Bahromning onasi
xonaga sinchikovlik bilan
qarab. Hechkim yo'qligini ko'rgach, endi chiqib
ketmoqchi edi-hamki, stol
ustida turgan bir dona oq
qog'ozni ko'rib, unga
yaqinlasha boshladi.
Qog'ozda Bahromning quyidagi so'zlari yozilgan
edi...
- Oyijon, baxtiqaro
o'g'lingizni kechiring. Men
sizlarni yuzingizni yerga
qaratdim. Bilib-bilmay tubanlikga bordim. Odamlar,
"Buni o'g'li qotil" deb gap-
so'z qilib, sizni qoralaganini
eshitganingizdan ko'ra.......
Oyijon, iltimos yig'lamang !
Men, bir tomchi ko'z yoshingizga ham
arzimayman. O'zini o'ldirish,
kechirilmas gunoh ekanini
bilaman. Lekin, men
shundog'am kechirilmas
gunohga qo'l urdim. Bunga jazo olish uchun ham,
sizlarni tark etyapman.
Menga doim haq yo'ldan
borishlikni, yaxshilik qilib
yashash kerakligini
uqtirardiz. Kechiring, men qaytanga "Qotil" degan
tamg'ani o'zimga ortirdim.
Meni hayotim, bir kunda
butkul izidan chiqib ketdi.
Oyijon, kechiring meni.
Dadam va opamga ham uzurimni yetkazing... -
Bahrom shu joyida uchta
nuqta qo'yib, gapini
tugatibdi. Bahromning onasi
nimadir demoqchi bo'lardi-
yu, qo'rquvdan tili ham aylanmay qoldi. Nafas olishi
qiyinlashgandek, chuqur-
chuqur nafas ola boshladi
va yig'lab yubordi...
Bahrom, Layloni ko'rish
orzusida, Laylo avtohalokatga uchragan
joyda, o'zini qarama-qarshi
kelayotgan mashina oldiga
tashlagandi. Allohni
irodasini qarang-ki, bu
voqeadan bir kun o'tib, Bahromning uyiga Bahrom
kasalhonada ekani va
ahvoli yaxshi ekani haqida
xabar keldi. Balki Alloh uni
yashashini xohlagandur.
Balki Laylo uni yashashini xohlagandur... Oradan uch
haftalar o'tib, Bahrom
kasalhonadan chiqdi.
Militsiya hodimlari undan
ko'rsatma olishga
kirishishdi. Bahrom, bo'lib o'tgan barcha voqealarni
birma-bir gapirib berdi.
Ozmuncha vaqt o'tib,
davlat organlari, Bahromni
aybsiz deb oqladi.
Bekzodning ota-onasi ham, sud da'vo arizasidan voz
kechdi. Hammasi iziga
tushayotgandek muhitni his
qilgan Bahrom, Layloning
uyiga bordi va uning
xonasiga kirib, maktab davrida hamda boshqa
estalik uchun tushgan
rasmlarini sog'inch ila
tomosha qildi. Har bir
tushgan suratida o'zgacha
olam, o'zgacha samimiylik... - Bahromjon, bezovta
qilmadimmi ? - eshik oldida
Layloning onasi sekin so'z
boshlab.
- Keling oyijon, bemalol.
Nega bezovta bo'lar ekanman ? Kiravering,
bemalol. Men, haligi,
Layloning rasmlarini
tomosha qilayotgandim.
Qarab turib, biroz xayolga
tolibman... - Rahmat o'g'lim. Laylo
ketgandan beri, xonasi
huvillab qoldi... Shu xonaga
har kirganimda, qizim xuddi
manashu stolda o'tirib,
kitob o'qib turgandek tuyulaveradi... (Yig'lab)
- Oyijon, meni kechiring.
Layloning a'zasiga
kelolmadim. Sizga qanchalik
og'ir bo'lganini bilaman.
Dalda bo'lolmaganimdan afsusdaman...
- Unaqa demang o'g'lim. Bir
kam dunyo ekan. O'zingizni
aybdor his qilmang. Siz
yaxshi insonsiz. Qizim, siz
haqingizda ko'p bor quvonib gapirardi. "Bahrom
akam bilan bugun
birgalikda, hamma darslarni
a'lo bahoda yakunladik,
Bahrom akam menga
ko'pincha ko'maklashadilar" deb. "Hechkim xafa
qilmayaptimi seni Laylo
qizim" deb, dadasi
so'raganlarida ham, "Yo'q,
Bahrom akam har doim
meni himoya qiladilar" deb javob berardi. Maktabni
tamomlagach,
rassomshunoslik o'quv
markazlariga topshirmoqchi
edi... Lekin nasib qilmagan
ekan... - ko'zlaridan yoshni to'xtata olmay, Layloning
onasi dard bilan gapirardi.
- Hatto sizni suratingizni
ham chizgandi. Har kuni
o'qishdan qaytganida, unga
tikilgancha uxlab qolardi. Xonasiga birdan kirib
qolsam, shartda rasmni
bekitishga urunardi...
- Shunaqa deng... - Bu
so'zlarni eshitgach,
Bahromning ko'zlari, alam yoshlariga to'ldi. Ko'z
yoshini yashirish
maqsadida, Laylo chizgan
suratga tikilib turardi. -
Juda ham o'xshatib chizgan
ekan... - Qariyb o'n kun davomida
chizgandi. Har bir yerini
mohirona chizishga e'tibor
qaratgandi. Nihoyat buni
uddasidan chidi ham. Shu
rasmni chizib bo'lgan kuni, quvonchi ichiga sig'masdi.
O'shanda anglagandim-ki,
qizim ilk bor sevib qolibdi.
Sizni ota-onangizni yaxshi
taniyman. Juda ham ajoyib
insonlar. Quda bo'lishimiz mumkinligi haqida o'ylab,
o'shanda men ham
quvongandim. Qizimni har
doim shunday baxtli
ko'rsam bo'ldi derdim. Endi
esa ... (Yig'lab) - Oyijon, siqilmang. Bu balki
Ollohni bizga bergan
sinovidur. Yig'lamang, hali
hammasi iziga tushadi.
Siqilishingizni Laylo ham
xohlamagan bo'lardi. O'zingizni asrang. Buyog'iga
uning haqqiga duo
qilmog'imiz lozim. Shunda
ruhi shod bo'ladi... Endi men
ham sizlarni
farzandingizman, Laylo abadiy qalbimizda... - deb,
Bahrom tasalli berdi...
Shumtakaning kundaligidan. ..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1