Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor,
O'tmishingni o'ylab og'riydi jonim,
Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor.
Bag'rim o'rtar bir o'y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar,
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor.
Yurtim ko'nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig'latgan dostonlaring bor,
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho'lponlaring bor.
Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku og'ir olma so'zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko'zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar alhazar, ming bor alhazar,
Ana yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar -
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.,
Qurboning bo'layin ey onajonim,
Sening faryodlaring-mening fig'onim,
O'tmishingni o'ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo'lmas dostonlaring bor.
Muhammad Yusuf .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев