qanaqaligini
bilmaydiganlarga shu hikoyani
öqishni tavsiya qilgan bölardim.
Qachondir bir oqil va mömin yigit
o'ziga o'xshagan bir oqila qizni yaxshi
ko'rib qolibdi. Yigit juda ziyoli,
kelishgan, qiz ham öta sohibjamol qiz
ekan. Bu sevgilari
judayam mustahkam, sira ham
bir-birlari bilan tortishishmas,
janjallashishmas ekan. Nihoyat
ota-onalari roziligi bilan ular
unashtirilibdi. Lekin afsuski to'yga
yaqin bir baxtsizlik röy beribdi.
Qizning uyiga öt tushibdi va qiz olov
ichida qolib ketibdi. Harchand
urinsalarda qizni qutqarib olishganda
qiz bexush holda, tanasining ancha
qismi kuyib bölgan holda edi. Qizni
ming mashaqqat bilan
davolatishibdi. Lekin qiz öziga kelib
közguga qaraganda yuzidagi
chandiqlarni, tanasidagi jarohat
izlarini körib yig'labdi. U yigitni
judayam sevarkan. Shuning uchun
har jihatdan mukammal yigitga özini
noloyiq deb hisoblabdi. Va keyin u
yigitga turmushga chiqishdan bosh
tortibdi. Yigit unga köp yolvoribdi,
lekin qiz öz fikrida qat'iy turib olibdi.
Bu holdan keyin yigit betob bo'lib
qolibdi. Bir-necha kun og'ir ahvolda
yotib, keyin oyoqqa turibdi. Lekin
baxtsizlik qösha kelarkan. Yigitning
ko'zi ojiz bo'lib qolibdi. Buni eshitgan
qiz yana öyga tolibdi. Nihoyat u
yigitga turmushga chiqib, unga bir
umr g'amxörlik qilishga qaror qilibdi.
"Mening og'ir holimda ham uylanish
fikridan qaytmagan mehribon
insonni men ham og'ir kunida
tashlab ketmasligim kerak. Bas, u
dunyoni mening közlarim bilan
körsin",- öylabdi qiz. Chunki u yigitni
judayam kuchli sevarkan. Yigitning
taklifini qabul qilgach ular turmush
qurishibdi. Ular uzoq vaqt baxtli
hayot kechirishibdi. Vaqti soati kelib
qiz hayotdan o'tibdi. Keyin bilishsaki
yigitning ko'zi ojiz emas ekan. U
shuncha vaqt dunyoni öz közlari bilan
körib yashagan, qizning iztirob
chekmasligi uchun bu haqda hech
kimga bildirmagandi. Bu ishni esa o'z
sevgisi uchun qilgandi. Chunki yigit
ham qizni judayam qattiq sevardi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11