Qachongacha yolg'onlarga sig'inasan...
Nishonini topolmagan kamon bo'lip
Nayza kabi men tomonga otilasan,
Ko'nikasan mensizlikka ko'nikasan,
Suratimdan ko'z uzolmay tikilasan,
Pushaymondan tunlari qon yutip-yutip,
Tushlaringda ismim aytip chaqirasan,
Cho'milasan armonlarga cho'milasan,
Go'dak kabi yulduzlarga termulasan,
Gunoxlaring azob sochib qaytganida,
Savollarga ko'milasan... ko'milasan,
Bulutlarga yolvorasan... Yolvorasan,
Dardlaringni shamollarda sovurasan,
Xovuringni bosolmagan tentakkinam,
Sog'inasan xali yomon sog'inasan,
O'z qalbingni bilmam qanday yoritasan,
Tongni kutib yuragingni chiritasan,
Singan umid qadax kabi qo'lni yirtar,
Oqshomlari barmoq tishlab qon yutasan,
Ostonangda qul bo'lay dep yalinasan,
Saxro kabi xayolimni changitasan,
Muxabbatda bir sinovni yengolmading,
Mag'lub bo'lding bu xayotning jangidasan,
Sen ertaga bilmam qanday ovunasan,
Yosh joningni qizil qonga qovurasan,
Bir bor ko'rsam bo'ldi endi zufarman dep,
Sog'inasan xali yomon sog'inasan....!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев