Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Rossiyskaya gazeta” xabar bermoqda.
Dilerlik tarmog‘iga chiqariladigan ilk avtomobillar aslida sotilib bo‘ldi. Ravon’dagilar ta’kidlashicha, dastlabki partiyadagi barcha avtomobillar uchun to‘liq to‘lovli buyurtmalar olingan.
“Ikkinchi partiya birinchisidan keyin darhol jo‘natiladi”, —deyishdi matbuot xizmatidagilar. Ta’kidlanishicha, temiryo‘l yoki bojxona bilan bog‘liq obyektiv sabablarga ko‘ra, savdo boshlanadigan sana sanoqli kunlarga o‘zgarishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avtomobilning 1,25 litrli, 4 silindrli, 85,5 ot kuchiga ega dvigatel va minimal komplektatsiyadagi Comfort AT versiyasi bahosi 369 ming rubl (taxminan 4920 dollar)dan boshlanadi.
Optimum AT versiyasida xaridor ikkita o‘rniga to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi, eshiklarni blokirovka qilish tugmalari, passiv signalizatsiya, bort kompyuteri, konditsioner va boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi. Bunday mashina narxi 439 ming rubldan (5850 dollar atrofida) boshlanadi.
Elegant deb nomlangan maksimal komplektatsiyada oldingi versiyalarga qo‘shimcha oltita xavfsizlik yostiqchasi, oldingi o‘rindiqlarning isitilishi, olti kolonkali audiotizim, to‘rtta eshikda elektr oyna ko‘targichlar, rulga o‘rnatilgan audiotizimni boshqarish pulti taklif etiladi. Bunday avtomobilga 469 ming rubl (6250 dollar atrofida) va undan yuqori narx belgilangan.
Drivers.uz )” guruhida kabrioletga aylantirilgan “Zaporojets” avtomobili surati e’lon qilindi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев