farqlari
Olimlarning fikricha ayollar
asosan tinch va standart shart-
sharoitlarda yaxshi natijalarni
ko'rsatar ekanlar. Masalan,
miltiqdan otishda, osoyishta va
xotirjam holatda erkaklar ularga
merganlikda yeta olmaydilar.
Ayni paytda, ikki-uch xil ishni
bajarish, noodatiy va asabiy
vaziyatlarda (bir jinoyatchiga
nisbatan qurol ishlatish kabi)
ayollarda «tir»dagi merganlikdan
asar ham qolmas ekan. Erkaklar
bo'lsa buning aksi, tezkor
vaziyatlarda yuqori aniqlik va
tartib bilan qurol ishlatishga
qobiliyat paydo bo'larkan. Ya’ni,
erkaklarda ruhiy-psixologik holat
ancha mo'’tadil, bosiq bo'lganligi
uchun tezda vujudga kelgan
nostandart vaziyatni to'g'ri
baholab, shunga muvofiq
harakat qilish, nazariyani amalga
tadbiq qilish ancha yaxshi
rivojlangan ekan.
Bu borada misollar ko'p, bu
yerda hammasini keltirib
o'tirmadim. Ajabmaski, shuning
uchun ham, balki, ba’zi kasblar –
jarrohlik, fuqaro aviatsiyasida
uchuvchilik, «Formula 1» boladi va
boshqa shu singarilarda
ishlovchilarning 99,9%ini
erkaklar tashkil qilsa.
Erkaklar to'g'ri ma’noda tug'ma
«ovchi»: jismonan va psixologik
kuchli, oilaning moddiy
ta’minotchisidir. Bu – Allohning
hikmati. Erkakning oilaga bosh
bo'lish vazifasi shu sababdan
yuklatilgan bo'lsa, ehtimol.
Endi hozirgi ko'chalarimizdagi
ahvol o'zingizga ma’lum.
Mashinalar, tirbandliklar, har xil
«shumaxer» haydovchilar ko'p.
Yoki bo'lmasa, xayolparast
piyodalar… Bunday xavfli, asabiy
vaziyatlarda albatta aksariyat
ayollarda ularga zarur bo'lgan
sovuqqon psixologik holat
yetishmasligi tabiiy. Endi o'ylab
ko'ring, Xudo ko'rsatmasin
(aslida bunday voqealar bo'lgan),
agar ayol kishi mashinasida
odam urib, o'ldirib qo'ysa-yu,
uning emizikli farzandi bo'lsa,
nima bo'ladi?!
O'zim ham haydovchiman, bir
mashina orqasidan yurib, uning
harakatlanishiga qarab, rulda
ayol kishi bo'lsa kerak desam,
haqiqatda shunday bo'lib
chiqadi. Chunki harakatlanishida
ishonchsizlik bilinib turadi.
Boshqa tarafdan qarasak, ayollar
uchun oddiy bo'lgan kundalik uy
yumushlarini erkaklar umuman
qila olmaydilar. Shuning uchun
erkak va ayol o'ziga xos bo'lgan
ishni qilishi to'g'riroq bo'lsa
kerak. Yana ham Alloh
bilguvchiroq!
#pmmalumot
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев