U sevib qoldi. Yuragi sevinchdan limmo-lim, tinmay kulardi. Ko'zlari yoshlanguncha kulardi.
Dunyocha sevinchini dunyo bilan baham ko'rardi.
Unga ho'mrayib qarashdi.
- Muncha yuragi ochiq bo'lmasa. Muncha yengiltak bo'lmasa. Axir bu dahshatku!
U adashganini sezdi. Yuragi qayg'u alangasida jizg'anak kuyar, seli yosh bo'lib ko'zlaridan quyilardi. Dunyo g'amlari jam bo'lib faqat uning yuragiga to'kilardi.
Undan kulishdi.
- Muncha qovog'ini uymasa. Yuraging orqaga tortib ketadiya. Axir dahshatku bu!
Uning yuragi tosh qotdi. U chinakamiga na kula olar, na yig'lay olardi. Ko'z yoshlari ham quridi.
Unga beparvo qarashdi.
- Odam bo'ldiya xayriyat... Mana bu boshqa gap!
Bir dunyo dahshat endigina boshlanganini hali hech kim bilmasdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 5
Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy "Anna Karanena" romanini yozgandan so'ng ko'pchilik kitobxonlar undan Anna kim o'zi? Hayotda bo'lganmi? Deb so'raganda Anna Karanena men o'zim deb javob bergan ekan.