Sabr devorini kemirib, yanchib.
Soxchi g'ururdan xam qochdi yuragim.
Ura boshladi, betartib sanchib.
Nafratni chaqirdim, yordam bermadi.
Achchiq xotira ham qayerda qoldi?.
Yurakni ovutolmay ko'z yig'lab toldi...
Aql ham qaygadur izsiz yo'qoldi.
Yuragim dardini sezib turibman.
U qon yig'lagan payt... kulibman.
Yurakni savoli bag'rimni ezar.
"Yorim bo'lmasa nega tirikman?"
Aql ham yurakni gapiga kirib.
Bordik ul go'zalning ostonasiga.
Uzr so'rab unga yolvorib.
O't qo'ydik g'ururning koshonasiga.
Yorim pinag buzmay turardi.
Uzurimdan mag'rur kulardi.
Yurak ham xotirjam bo'lgandek.
Ko'ksimga sezdirmay urardi.
Lekin ming afsuski a'f etilmadik.
Yor bizni unutib, topibdi boshqa.
Yer yorilmadi, kirib ketmadik.
Yurak ham aql ham jimm qaytdik ortga.
Shundan kegin yurak yo'qoldi.
Bilmadim qayerda yuribdi ekan.
Yuragimni izlab, yuraklar toldi.
O't bo'lib yonolmas, muzlikdamikan?
Shundan so'ng tanamga aql xukmron.
Xotira qafasda, qafasda armon.
Uyqu dori ichib uhlayman har tun.
Bebosh yuragimni sog'indim yomon!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев