))Bolajonlar((
Gʼami yoʼq tashvishi yoʼq
Shirindan shakar ular
Goʼyo misli qoʼgʼirchoq
Begʼubor bolajonlar
Qiqirlashib kulishar
Olam quvonch ulashar
Mitti qadamcha tashlar
Xokisor bolajonlar
Koʼzlari koʼz moʼnchogʼim
Dil yoritgan chirogʼim
Oʼzimni ovunchogʼim
Baxtiyor bolajonlar
Bolalar bor, bor hayot
Biz yasharmiz barhayot
Shu sheʼrim etdim bayot
Siz uchun bolajonlar
Ulgʼayib katta boʼling
Quvonchla baxtga toʼling
Doim sogʼ omon boʻling
Farishta bolajonlar
Yuragimiz parchasi
Begʼubor koʼngilchasi
Siz atirgul gʼunchasi
Gulimsiz bolajonlar
Jon qizim jonim oʼglim
Sizga baxshida umrim
Bayramingiz muborak
Aziz bolajonlarim
Meni mehribonlarim.
Barcha ota- onalar nomidan ushbu ijodimiz, bolajon halqmiz bolajonlarimiz sogʼ omon boʼlsin baxtimizga.
Muallif: Jumanazar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев