Предыдущая публикация
Yosh jonimda qiynading meni
Mexmon edim suymading meni
Shoshma xayot bir kun ketaman
Na raxming bor na bir shavqating
Raxmatingdan kõpdur minnating
Kerak emas menga himmating
Shoshma xayot bir kun ketaman
Men xam bezdim ozorlaringdan
Mexr savdo bozorlaringdan
Joy olgayman mozorlaringdan
Shoshma xayot bir kun ketaman
Vaqtlar õtar yelgancha shoshib
Dilda tõlar dardlarim toshib
Xudo bergan umrimni oshib
Shoshma xayot bir kun ketaman
Dallimanmi yo bir devona
Baxtlaringdan qilding begona
Payti kelib asta xufyona
Shoshma xayot bir kun ketaman
Yolg'on dunyo kuyib netaman
Yolg'oningni suyib netaman
Men xam senga zor qolganim yõq
Shoshma xayot bir kun ketaman
She'r mu'allifi
QOBILJON SOLIYEV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 5