🔹Joriy yilning 10 mart kuni Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) kompaniyalarga Kaliningraddan O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqini berdi. Bu haqda Rosaviatsiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
🔹Ma’lum qilinishicha, parvozlar “Uralskiye avialinii” kompaniyasi tomonidan haftasiga uch martadan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
• Kaliningrad — Qarshi;✅
• Kaliningrad — Buxoro;✅
• Kaliningrad — Samarqand;✅
• Kaliningrad — Farg‘ona;✔️
• Kaliningrad — Nukus;✅
• Kaliningrad — Namangan;✅
• Kaliningrad — Navoiy;✅
• Kaliningrad — Urganch.✅
🔹Xabarga ko‘ra, parvozlarga ruxsat berish to‘g‘risidagi Rosaviatsiyaning ushbu qarori xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni tiklash uchun asos bo‘la olmaydi. Ruxsat – bu aviakompaniyaning parvozlarni tiklashda foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi.
🔹Avvalroq, Transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar mart-aprel oylarida tiklanishi mumkinligini aytgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев