Soxtalikni yigʻishtir doʻstim,
Nafs quliga aylanib qolma.
Omad kelib koʻpaysa puling,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
Molu dunyo oʻtkinchi bilgin,
Soʻzlarimga qovogʻing solma.
Senga bersa xudo uch toʻrt soʻm,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
Tashvish boʻlsa birga yengamiz,
Doʻstim qoʻrqma havotir olma.
Yaxshilligim unutmasang bas,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
Uyda juftu haloling turib,
Zinokorga boylanib qolma.
Gap gapirsa masqara qilib,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
Xudo suygan bandasi boʻlgin,
Nomoz oʻqib hech qachon tolma.
Xudo bersa senga mol dunyo,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
Jonim achib gapirdim senga,
Xafa boʻlib koʻnglingga olma.
Doʻstligimiz abadiy boʻlsin,
Doʻstga doʻst boʻl oʻzgarib qolma.
@Alik9700
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев