Men shunchalik yomonmanmi hamma mendan qochadi,
Men shunchalik yomonmanmi dostim sirim ochadi.
Men shunchalik yomonmanmi taqdir zahrin sochadi,
Men shunchalik yomonmanmi bahtim armon quchadi.
Ayting meni ne uchun buncha yomon ko'rasiz,
Ahvolimni faqatgina gap kesatsam so'rasiz,
Men bo'lmasam bahtlisiz, yana shodon kulasiz.
Men yomonni qadrini o'lganimda bilasiz.
Ha men yomonman balki, kimlar uchun qayg'urgan,
Ha men yomonman balki, haq ketidan yugurgan,
Ha men o'sha yomonman, ayting nma qilasiz,
Qachongacha o'zni aldab mol dunyoni quvasiz.
Endi menga bari-bir, meni yomon deyavering,
Men bo'lmasam shod bo'lsanggiz, bahtli bo'lib yuravering,
Men ham tengim topaman, balki osmon quchganda,
Bazan azob chekaman, siz deb alam yutganda.
Balki sizga fel atvorim, yurish turishim yoqmas,
Yoki hazillarimmi? Balki kulishim yoqmas,
Bir narsani bilib qo'ying, bu gapim chin yolg'onmas,
Bu dunyoda pul aziz, odamga odam yoqmas!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев