💔 Ket dedingiz, ketdim mana yiroqlarga.
Könglingizni ranjitmoqni közladimmi?
Yor bölasiz endi sog'inch-firoqlarga,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Xotirangiz osmonida porlab turar.
Yulduz bölib olislardan chorlab turar.
Sog'inch ipi ikkimizni bog'lab turar,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni.
💔 Ökinasiz, sog'inchlarga örtoq bölib,
Tökilasiz, köz yoshlarda titroq bölib.
Yana bir bor aksingizni körmoq bölib.
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Pichirlaysiz ohista özizdan qörqib,
Tuganmas hayollar etganda ta'qib.
"Qaydasan azizam, sog'indim-ku" deb,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Nahot sizni yölingizni tösdi g'urur?
Sevgingizni kesdi g'urur. Ösdi g'urur.
G'ururingiz sog'inadi butun umr,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Orzularim oqqushdayin uchar bir kun,
O'zga yorla körib könglim köchar bir kun.
Qarg'amayman. Baxtlar sizni quchar lekin,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni.
💔 Bir kun kelib vaqtlar o'tsa, yillar o'tsa,
Xudo bersa ota bo'lish nasib etsa.
Qizchangizni ko'zchalari o'xshab ketsa,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Bir kun meni o'zga kuyov olib ketar,
Alam qilar, yuragingiz yonib ketar.
Bir umrga yodingizda qolib ketar,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Bu sog'inchga ko'nolmaysiz, ko'nolmaysiz.
Sog'inib-da ko'rolmaysiz, ko'rolmaysiz.
Ko'zlarimni ko'rmay turib o'lolmaysiz,
Közlarimni sog'inasiz közlarimni!
💔 Keting endi! Keting endi yiroqlarga,
Yuragimni sindirmoqni ko'zladingiz.
Alam qilsin, kuying sog'inch firoqlarda,
Ko'zlarimni ko'rmay ketsin ko'zlaringiz....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев