Melancholia [WwW.M1noR.CoM]
M1noR L1GHTDreaM
NEW
11-06-2017-23:40
............. WwW.M1noR.CoM .............
>>>L1GHTDreaM MARKAZI<<<
grt
info:
1)i.dat: 11-06-2018...
2)Season: Spring
3)m.info: f-moll, 93 bpm (tmp)
4)cp: Unknown
5) Genre - Avant-Garde (flat)
6)l.info: 32 plite, 8 quart, 4 hyperquart + improvisation
7)Author: M1noR L1GHTDreaM
8) Admin: SHODLIK L1GHTDreaM
9) e-mail: M1noR.CoM@mail.ru 10)Seans: 10.06.2018*22:00
11)URL: WwW.M1noR.CoM 12)Telegram: @L1GHTDreaM, @M1noR_FM
............. WwW.M1noR.CoM .............
>>>L1GHTDreaM MARKAZI<<<
grt
1 - 1 - 1
Yana o'sha kuz fasli, yana ochiq bloknot
O'zimdan tarix qoldirmadim qo'lyozmalarim, ix skolko not
Chunki Mani kupletlarim bir "hikoya" hissasi
Lekin bari xalqqa kere "bir muhabbat qissasi"
2
Axir muhabbatdan charchamadi Bobur, Navoiyla
Qani sevgi ma'budiga bormi yangi savolila?
Yoqtirmadim Man bahorri yoqtirmadim yoz va qorri
Romantikadan uzoqda taskin berar kuz viqori
3
Qani kimga yoqmasakan o'sha yomg'ir ovozlari
Daje o'shandayam eslab eski sevgi parvozlarin
Bu muhabbat dorbozlari, sevgi acrobaticasi
Bo'ldi o'zini qo'lga ol, jonga tegdi romantikasi
4
Taktikasi sanga tanishamasmi qizlani ayt
Kimladadur bulani dib doim taqdir bilan fight
I kiss you, I miss you, romantika, lovely
A Man divanda TV, cola, yoniqdir discovery
5 - 2
Axir hayotga chidashga bitta Manmasku majbur
Axir san'at asari o'limdan keyinku mashhur
Doim nima dib maqtanamiz? "Biz Dunyoni titratgan"
E titratganla titratgan, a biz yozamiz tetradga
6
Bilmadim nega tuyg'ular yashiringan tan ostiga
Hich qachon tushunmaganman "Istiqlol" li ma'nosiga
Qalb haqida gapirganmiz, Doctorla javob berila
Qalb insonni qaysi a'zosida a? topib berila
7
S xodu operaciya, s xodu op tashash kere
Bu beshavqat hayotimda beshavqat yashashim kere
Balki taqdirga bitgani yolg'iz darbadarlikda
Balki tug'ilganmiz begona yarimsharlikda
8
Oldin nima bizmidik "mustaqillik borliklari"
Endi nimaga aylandik? "kollej yodgorliklari"
A? mayli, hich bomasa yashagandik tinch
No diplomdan tashqari bilim hisobga o'tmadi hich
9 - 3
Ou! mayli Mani dangasala qatoriga yoz
Yugurishdan ko'ra miyya ishlatishga bu qiyos
Manga salbiy rol berardi Anderson hikoyasi
Mevasiz daraxtni hich bomasa borku soyasi
10
Bir joyda o'sgan daraxt ikkinchi joyga ko'chmidi
Mandan mikrofonni op qo'y lekin ovozim o'chmidi
Balki bir kun sinishimam Mani ko'nglimi tokmidi
Chunki bilaman faqatgina axlat suvda chokmidi
11
Derazam orti hayotda almashib daraxt libosi
No hamon sevgi dardida kuylab estrada nidosi
Eh dard ko'rmaganlar yana kuylab dard haqida
Faqat sevgidan yeganla bosdi o'zbek san'atida
12
Go'zallik ortidan quvish, hikmati bor ahmoqlik
Yeb qo'yib azob chekish, bu undanam ahmoqlik
Yana xalqqa jar solish, mansabfarast ahmoqlik
A bahonela, "Man hichkimi sevmaganman, shunchaki yo'nalishim shunaqa"
13 - 4
Sabr qil kezib chiqamiz Parij-u Las Vegas ini
Nega so'rab to'yishmidi "So'nggi xat" im egasini
Bu silani talabila goh bilmiman goh bilaman
22:55 haliyam screenshot qilaman
14
Tushunarsiz obrazim goho "Zamonlar osha" Jakuy
Goho hayotdan charchagan iste'dodli Ratatuy
Hayol boshqa tomon no nazarim Disneydan uzmadim
Charchaganda chalg'itadi pvp.uz yo lan.uz Mani
15
Asta to'kiladi barg o'z daraxtini tark etib,
Qisqa parvozdadur hali yerga burguncha yetib
Havo oqimida balki muallaqlik osonda
Lekin qayta barg bogani imkon yo'q bu xazonda
16
Kimga qatorlarim murakkab kimga ahmoqona
Tushunmaganini tan olishdan ko'ra bahona
It xurar karvon o'tar, boshqacha javob kutma
Yana qish yaqinni vaqti yaqinligin unutma
17 - 5 - 1
Beparvo yashadim atrofu olam giybatiga
Hatto bir gapi yetmadi g'ururim qiymatiga
Holatim tushunmaganla Manga bir tiyin atiga
Ula uchramasin Man uchragan taqdir musibatiga
18
Balki o'tkazdim yillarni san'atimga mehr qo'yib
Shuncha yil ichida boshqasi ketardi behad to'yib
San'at ko'chasida bomadim san'atti zo'rlagan
No biron marta PPS Mani normalno qo'yvormagan
19
Hop so'radila nega hali klip omaganim
Yaxshiroqku klip olish uchun klip omaganim
Manga keremas soni, Manga kere sifati
Hich bomaganda g'oya-yu
ideani sifati
20
Ko'p marta aytganman hammela ijod qilila sof
Mualliflik huquqiga bir bor qilila insof
G'oya o'g'rilari soni vaqt o'tgani sayin off
"Xonama-xona" loyiham endi Zo'r TV da "Time Off"
21 - 6
Mayli orzu bo'lib qosin kak syurpriz Kinder land
Biz TV ga chiqomimiz bizni TV internet
Balki TV aktyorlari bizdan ko'ra mohirroq
Qancha mohir bomasin no bizda ijod og'irroq
22
Balki o'tkazvormasam bekorga bu kuzini
Balki duelga chaqirsam shu Uzrap yulduzini
Balki urgan bo'larmidim o'q bilan qanotiga
Balki o'zgarish qilardim duel qasamyotiga
23
Biz kimmiz? sertifikat yo diplomi yo'q shoirlar?
Yo shunchaki yashay olmagan nolishga moyillar?
Diplom bo'sa bo'ldimi? vsyo? ishimizga qoyillar!
Mayli biz davom etamiz, o'tmoqda hamon yillar
24
Hali chiqar klipim, tayyorgarligim qattiq
Qani keyin boshqa klipladan izlab ko'r mantiq
Keremas aktyor-u, grimyor-u yoki kaskadyor
Chin hayotni qattanam bilsin aktyor, uyg'on! Podyom!
25
Axir allaqachon o'tib ketdi uygonish davri
Bethoven Mozart Bax, toldirishdi o'z qabrin
Ayt, musical, Peer gynt yo NotreDamme
San'atim ustasi bo'lish uchun qancha o'tirdim
26
Kiymadim smoking, licenziya omadim sahnaga
Dazje Ibn Sino o'z kitobin yashirincha saqlagan
Maniku qo'lyozmalarim bolalikda yaxlagan
No Man uchun o'sha paytda ulardan nur chaqnagan
27
Bizga o'yin boganidi oq qog'ozli korabli
Bizga yo'ldosh boganidi "tosh - Nokia" lar davri
Qancha orzular-u qanchadan qancha buzildi ahd
Endi umid yo chiroyli bo'lishiga husnixat
29
O'tdi paytlar qachonki derazam bogan hamroh
Endi bo'sa borgan sari classicaga vaqt kamroq
Olis bo'lib ko'ringan 30 yosh endi yaqinroq
Hudo berib Hudo oldi, o'zimiz qoldik biroq
30
Mayli bu kupletlarga haqorat aytilmasin
Endi uje foydasi yo, tarix qaytarilmasin
Axir olis 30 yosh bugun ancha yaqinroq
Bugungi xulosamizda kelajak muhimroq
31
Qilishim mumkin tanqid yana ancha davomli
Masxaraboz niqobida aytolaman gap qonli
Balki mantigi o'zimga tushunarli asosi
Abstraktciya, sarkazm, falsafa hokazo... si
32
Yo'qotdim texnikami, virtuoz barmoqlarim
No o'shandayam o'zimi yo'lini topib oqladim
Mayli hozircha repimga berib volya
Erishganim bo'ldi haqiqiy Melancholia
Improvisation
Balki Manda yuqorimas finansoviy depozit no
Balki Mani harakterimdamas o'sha despacito
Melodia ga ishlashimda keremasdir mediator
O'ylashadi buni ishongani Wikipediadir
O'zim improvizaciyadaman no buni xushlamiman
Tezda ushlash mumkin bogan qofiyani ushlamiman
Borgan sari o'tmish tortib, havas qilaman Vinni ga
Dazje UC Browser dan qaytdim Opera Mini ga
Sportga ko'ngil qo'ymadim, yoqmas sportivniy zal
Undan ko'ra Counter - Strike, De_dust2, karotki, Dal
Chunki azalda san'atni dib sportga berdim bort
Agar sport bogandayam unda faqat kibersport
Balki yarashmidi repga aslida bunaqa tekst
A Manga baribir repim baland, ekranimda Google maps
Kuzataman America, Piramida, yo Marsel
Go'yo ko'rgandek bolalikda "Vesyoliy karusel'"
Hozir ham hursand qiladi o'sha "Metro Golwyn Mayer"
Stop endi, bolalik tugadi, Tom and Jerry hayr
Ruchkamiz o'rniga endi zajigalkamiz hamroh
Kechagi kundan endi ertangi kun yaqinroq
Davno tugab bogan minusim no gapim tugamadi
Lekin limitim gapimi 6 minutga qamadi
Axir aljirashim mumkin beshavqat yo benihoya
Bitta g'oyani tugatkunimcha yana keldi g'oya...
The_End
............. WwW.M1noR.CoM .............
>>>L1GHTDreaM MARKAZI<<<
@L1GHTDreaM_TexT
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев