Ba'zida ilm o'rganish yo'liga endi qadam qo'ygan kishilar katta olimlardan ham jur'atli bo'lib ketganiga guvoh bo'lamiz. Agar kishi ko'proq o'rgansaki, shuncha bilimsizligini bilib, ko'p sukut saqlaydigan bo'lib qoladi.
Bunga Oisha onamizning hayotlaridan bir misol keltirishimiz mumkin. Bir kuni Shurayh roziyallohu anhu u kishidan maxsiga mas'h tortish haqida savol so'radi. Shunda Oisha onamiz roziyallohu anho: "Sen buni Alidan so'ra, u Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bilan ko'p safar qilar edi", — deb javob qildilar.
Vaholanki, o'zlari faqiha, fatvo beradigan darajada ilmli edilar. Shunday bo'lsa-da, ba'zi masalalarda gapirgandan ko'ra yanada bilimliroq kishiga yo'llab qo'yishni ma'qul topdilar. Bu kabi voqealar sahobalar hayotida ko'p bo'lgan.
#ilm
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1