Предыдущая публикация
Men ketsam mozorimga boqib qolsin deb,
Rabimga tilovatlar o'qib qolsin deb,
Jonin garovga berib yurar ayollar,
Bir o'lib farzandin ko'rar ayollar.
Ichidan zor yig'lab keyin kulsa ham,
Uning ajaliyu joni bo'lsa ham,
Farzandin tug'iboq shu on o'lsa ham,
O'zini olovga urar ayollar,
Bir o'lib farzandin ko'rar ayollar.
Yemasdan bolam deb yelib yugurar,
Kiymasdan ming bor o'rab kulib kiydirgan,
Keksalik chog'ida qotgan non yegan,
Oq suti tutmasin urib uvollar,
Bir o'lib farzandin ko'rar ayollar.
Ona qadriga yet ey nodon inson,
Naxot senda yo'qdir zarracha iymon,
Boshiga g'am tushdi eslab (........),
Onalar doimo surar xayollar,
Bir o'lib farzandin ko'rar ayollar.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7