Osmonlarda tebranadi hatto yulduz!
Yoz ham tugab barg to'kilib keladi kuz!
Go'yo qishdek chaqib olar yaxlagan muz!
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom hayollar!
Yaxshi ayol sultonini ko'kka qo'yar!
Yomonlari juda erta yerga ko'mar!
Bazilari uyalmasdan loyga bo'yar!
Zahrin sochsa dil hatto ko'zni o'yar!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar!
Peshonangiz joynamozda bo'lsa hamki!
Ro'za tutib qorningiz och qolsa hamki!
Tokiy erning roziligin ololmaysiz!
Jannat hidin siz ayollar bilolmaysiz.
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom Hayollar.
Umur o'tar ko'z ochilib yumulguncha!
Yoshligiz o'tar tezda bo'lmas g'uncha!
Chiroyingiz ketar bir kun tong otguncha!
Kech bo'ladi vaqt g'animat o'ylaguncha!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar.
Jannat mushtoq erni rozi qilganlarga!
Labbay diya shirin so'zni bilganlarga!
Gap qaytarmay tilin doim tiyganlarga!
Ayolga xos liboslarni kiyganlarga!
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom hayollar!
Yer yuzida qancha qancha bevalar bor!
Bechoralar sabir qilib o'tmoqda zor!
Noshukurlar erlarini qiladi xor!
Oxiratda buning uchun javobi bor!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar!
Qanday yaxshi bu dunyoda duo olish!
O'zgalarni tillarida butkil qolish!
O'z yoriga hurmat bilan nazar solish!
Jannatlardan o'zi uchun joylar olish!
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom hayollar!
Kimki qlsa bu dunyoda erini rozi!
Oxiratda og'ir bo'lur savob tarozi!
Qiyomatda Alloh bo'lar unga qozi!
Jannatga kel eshitilar hurlar ovozi!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar!
Meroj kecha Rosululloh minib otga!
Mo'jizalar ko'rganlarin oldim yodga!
Ko'ribdilar jannatdagi ko'p hurlarni!
Do'zaxdagi azoblangan ayollarni!
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom hayollar!
Qarasalar do'zaxdagi ayollarga!
Tillaridan osilguncha turarmishlar!
Erlarini roziligin olmaganlar!
Bazilari sochlarini yularmishlar!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar!
Rozi qiling shu bugundan eringizni!
Bilmasinlar o'tmishdagi siringizni!
Shirin qiling endi doim tilingizni!
Ko'ksingizga qo'ying ikki qo'lingizni!
Begingizni hurmat qiling ey ayollar!
Molu dunyo o'tgunchi bir hom hayollar!
Jannat ahli to'la bo'lsin ayollarga!
Chek qo'yinglar o'tginchi bir hayollarga!
Rozi bo'lsin sizdan doim erlaringiz!
Qolib ketsin shu dunyoda sirlaringiz!
Begingizni qadrin biling ey ayollar!
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom hayollar!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев