Унинг ёзганини бир ўқинглар. Қачон бу қадар тубанлашишга улгурдик? 2011 yil mazam yomon qochdi. o'zimizda kasalxonaga oborishdi . og'ir axvoldaman, oilamiz biroz qiynalgan vaqti edi . Dadam oddiy devor uruvchi ukalarim xam o'qimishlimas oddiy oila uchun yillab kasal boqishni o'zi bo'lmaydi. Bir yaxshi vrach ko'rib birinchi grupaga ukol dori bepul beramiz dedi va ukol dorilani yozib berib ketdi, borib olasizlar dedi . U kishi ishga uch kunda bir kelarkan. Onam ukol, dorilar yozilgan qog'ozlarni olib bordilar. Bunaqa dorila yo'q deb yolg'ondan berishmadi, Bir boyni qizi aperatsiya bo'ldi xech qanaqa ukol dori sotib olmadi ,o'sha menga ukollarni bepul bermaganlar unga bepul berishdi, kamiga itdek xaydashdi pulimiz yoqligi uchun .Bu yer tez yordam ketinglar bir kundan ortiq turilmaydi dedi, onam tashqarida nimadir ish bilan chiqqandi ,meni nasilkaga solib tashqariga opchiqib tashlashdi oldimdagi begona ayol rosa yig'ladi, unday qilmanglar onasi kelsin o'zi opketadi dedi , quloq solishmadi ...onam taksi topib bir amallab uyga opkeldi o'sha o'sha do'xtiri shu bo'lsa qadamimni xam qo'ymayman bunaqa xor bo'lgandan ko'ra kelmaganim yaxshi dedim , davlatimiz xamma sharoitni yaratgan kasallar uchun, ukol dorilar berib qo'yipdi lekin do'xtirlar bizga o'xshaganlarga bermaydi. tanishlariga boylarga bepul beradi va sotishadi... Order bilan toshga borganlarga yaxshi qarashmaydi, yaqinda bir tanishim order bilan boribdi ,u ham yurolmaydi, bir kunda bittaginadan osma qo‘ydi boshqa hech narsa qilmadi, xatto tuzuk tekshirmadiyam bekorga qiynalib borib kelganim qoldi dedi. Men davolangan vaqtimdayam bir ayol order bilan borgandi , faqat shipris beramiz deyishdi. Xatto bitta tabletka ham bermadi , yaxshiyam pul olib kelgan ekanman deb, ukol dorilarni o'z pulimga sotib oldik. shunaqa Zilolaxon umrim kasalxonalada o'tgan bunaqa narsalarni ko'p guvohi bo'lganman , pulsiz kishilarga xech kim burilib qaramaydi... to'g'ri , kasalxonalarda og'ir kasallar uchun guruppa oladigan kasallar uchun ukol dorilar berib qo'yilgan, lekin uni xech qachon bemorga bepul berishmaydi o'zlari sotishadi… Ha ,aytgancha...Zilolabonu sizga juda havasim keldi ,mendan ko‘ra matonatli ekansiz. Hamisha el-yurt nazaridasiz. Albattda sizga ham betoblik bilan kurashish oson kechmagan deb o‘ylayman. Muhimi dardlarni yengib o‘tib optimistik ruhni saqlab qolibsiz. San’atkorlar bilan tushgan suratlarni ko‘rib judayav havasim keldi. Siz juda ham baxtlisiz. Men ham san’at shaydosiman, Saida Rametova, Ra’no yarasheva, Yodgor Sadiev , Umid Iskandarov, Ulug'bek Qodirov, Yigitali Mamajonov, Qo'shiqchilardan Shaxzoda, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Shuxrat Daryo, Xosila Raximova , Og'abek Sobirovni judayam hurmat qilaman. Qani mening ham oyoqlarim o‘zimga buysunganida edi...siz bilan turli tadbirlarda sevimli aktyor ,aktrisalarim bilan suratlarga tushardim eh bu xom xayol. Orzu qilish ayb emasku to‘g’rimi. Mayli , hali hammasi oldinda ,sizdan quvvat olib men ham umid bilan yashayapman. Sizdek dugonam borligi bilan fahrlanaman. Endi men saharlik qilib olay,ko‘p yozib qo‘lim toliqib qoldi . El suygan san’atkorlarimiz bilan tushgan yangi suratlaringizni kutib qolaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1