Katta ko‘chada mashina haydab ketyapsiz. Yomg‘ir sharros quymoqda. Shunda avtobus kelishini kutib turgan uch yo‘lovchiga ko‘zingiz tushdi, ular:
1. Qari ayol, ko‘rinishdan og‘ir kasal;
2. Bir vaqtlar sizning hayotingizni saqlab qolgan do‘stingiz;
3. Sizning orzuingizdagi inson.
Sizning mashinangizda esa faqat bir kishi uchun joy bor.
Tanlang: Ulardan qaysi biriga yaxshilik qila olasiz!?
Eslatma:
1. Agar, ayolga yordam qilmasangiz, u vafot etishi mumkin;
2. Do‘stingizga yordam bermasangiz, qarzingiz bor: U hayotingizni saqlab qolgan;
3. Orzuingizdagi insonni qoldirib ketsangiz, qaytib uni umr bo‘yi uchrata olmasligingiz mumkin…
Bu vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz!?
Eng original javobning sohibi kim ekan-a?..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1