O'sha payt hafsalam pir bo'lgan edi. Endi 50 dan oshgach bu gapning haqiqiy mag'ziga yetib boryapman)..
Farzandlarning suyagi qotib bo'lgan, fe'l-atvori shakllanib, ularni kichikligidagidek tergab turishga hojat qolmaydi. Kerakli nasihatlrni berib bo'lgansiz. Ya'ni sababini qilib, natijasini Allohga topshirgansiz...
Uyli-joyli bo'lishgan bo'lsa-ku yana ham yaxshi).. nabiralarga qaraydigan o'zlariming ota-onalari bor..
E'tibor qilyapsizmi, bo'shliq paydo bo'lgan, aniqrog'i sizda bo'sh vaqt paydo bo'lgan, mas'ul bo'lgan ishlaringiz kamaygan..
Ayni nima xohlasangiz qiladigan vaqtingiz, ta'bir joiz bo'lsa o'zingiz uchun yashaydigan vaqtingiz kirganidan dalolat bu)..
O'smirlikdan balog'atga o'rish davri bo'lgani kabi balog'atdan ham keksalik davriga o'tish vaqti bo'ladi.
Ishonavering, o'smirlikdan anchagina qiyin kechar ekan)).
Sizdan ham ko'ra atrofingizdagilarga)).
Shu bo'sh vaqtimizni samarali to'ldirib olaylikki, natijasi o'laroq chiroyli qariylik)...
Robbim go'zal keksalikni nasib etsin...
Xayrlisi va yana xayrlisi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 6