Biri manmanlikdir, ikkinchisi til, To'xtatadi yurib turgan ishini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki do'sti bor, erkak kishini. Biri oilasi va halol mehnat, Shular bo'lsa egib yurmas boshini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki omadi bor, erkak kishini. Vafodor ayol va eng sodiq bir do'st, Yo'qsa hayot sindiradi tishini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki kulfati bor, erkak kishini Birinchisi jahli, ikkinchisi nafs, Har inson asrasin asab g'ishtini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki qarzi bor, erkak kishini, Biri onasidan keyin Vatandan, Shu qarzga sarflasin bilak kuchini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki boyligi bor, erkak kishini. Biri farzandidir, ikkinchisi bu, Xotirjamlik qaritmaydi yoshini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki qanoti bor, erkak kishini. Birinchisi iymon, keyin sog'liqdir, Shular keltiradi omad qushini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikkita baxti bor, erkak kishini. Ayol emas erkak bo'lib tug'ulgan, Ikkinchisi olar ayol hushini. Ahad Qayum aytar, Biling ey do'stlar, Ikki ustuni bor, ijod ahlini. Biri chin muxlislar va iste'doddir, San'atkor shulardan sezar baxtini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki tulpori bor erkak kishini. Biri kasbi hunar va niyatidir, Yo'qotmasin aslo yigit shahdini. Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki nozik joyi bor, har bir kishini. Ikki jag' va ikki oyoq orasin, Asramoqlik har kimning yumushidir... Dunyoga keldikmi, Biling ey do'stlar, Ikki dushmani bor, erkak kishini. Biri manmanlikdir, ikkinchisi til, To'xtatadi yurib turgan ishini.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев